Chet ellik sayyohlar Bodrumni “ikinchi uylari” deb hisoblaydi

Madaniy boyliklari va betakror tabiiy go’zalliklari bilan dunyoga nom solgan Turkiyaning Mug’la viloyatining Bodrum tumanida dam olishni tanlagan chet ellik sayyohlar bu yerni “ikkinchi uylari” deb hisoblaydi.

Bodrumda dengiz va quyoshdan zavqlanib madaniy boyliklarni kashf etgan angliyalik sayyohlardan biri Jo Clarke, 15 yildan beri dam olish uchun Bodrumga kelayotganligini va bu yerni judayam yaxshi ko’rganligini qayd etdi.

Germaniyalik Tim Mueller esa tumanga birinchi marotaba kelgan sayyohlardan biridir.  

Mueller,

“Bodrumda yaxshilab sayohat qildik. Tarihiy shamol tegirmonlarini ham kanda qilmadik. Turk oshxonasi haqida Germaniyadayoq bilar edik lekin turk tamolari buyerda yanayam lazzatli. Rahbarlardan biri Bodrumning Turkiyaning Saint Tropezi ekanligini qayd etdi. Atrof-muhit ajoyib. Insonlarining istarasi issiq, ochiq chehrali, ayojib bir makon” deya gapirdi.

Bitez mahallasida dam olishni davom ettirgan shvetsiyalik gimnastika o’qituvchisi Jan Jadersand ham Bodrumning judayam ajoyib shahar ekanligiga e’tibor qaratdi.  

Bodrumdagi mehmonxonalar jamiyati Bosh kotibi O’rhan Kavala ham turizm mavsumining birinchi davrida tumanning ko’proq angliyalik, germaniyalik, niderlandiyalik, ukrainalik, rossiyalik va polshalik mahmonlarga mezbonlik qilganligini ifoda etdi.

Aloqador xabarlar