Turkiya, dunyodagi genetikasi o’zgartirilmagan paxta sotgan yagona davlatdir

Paxta bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi (ICAC) Texnik axborot bo'limi boshlig'i Keshav Kranthi, paxta ishlab chiqarish bo’yicha Turkiyaning dunyodagi o’rniga e’tibor qaratdi.

Turkiya, dunyodagi genetikasi o’zgartirilmagan paxta sotgan yagona davlatdir

Turkiya, dunyodagi genetikasi jihatidan o’zgartirilmagan paxta sotgan yagona davlatdir.

Paxta bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi (ICAC) Texnik axborot bo'limi boshlig'i Keshav Kranthi, genetikasi jihatidan o’zgartirilmagan paxta sotgan dunyodagi yagona davlatning Turkiya ekanligini qayd etdi.

“Egey” eksportchilar uyushmasi tomonidan 2020-yili Turkiyaning Izmir shahrida uyushtiriladigan Jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasi doirasida mamlakatning Aydin viloyatiga tashrif buyurgan Paxta bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi (ICAC) hay’ati, viloyatdagi “Nazilli” nomidagi Paxta tadqiqotlari institutida bo’ldi.

Paxta bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi (ICAC) Ijrochi direktori Kai Hughes ve ICAC Texnik axborot bo'limi boshlig'i Keshav Kranthi institut faoliyatlari haqida direktor Koray Shimshekdan ma’lumot oldi.  

Kranthi shu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida paxta ishlab chiqarish bo’yicha Turkiyaning dunyodagi o’rniga e’tibor qaratdi.

Paxtadagi samaradorlikning muhim ekanligini ifoda etgan Kranthi,

“Turkiya samaradorlik bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda. Shuningdek, genetikasi jihatidan o’zgartirilmagan paxta sotgan dunyodagi yagona davlatdir. Bu judayam muhim xususiyat hisoblanadi.Turkiya paxta bo’yicha ham samaradorligi ham da sifati jihatidan dunyoda eng yuqori o’rindadir. Bu borada bahs-munozara qilishlikka ham o’rin yo’q” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar