Turkiyadan Yaponiyaga taxminan 8.5 mln dollarlik zaytunyog’i eksport qilindi

Xozirda Turkiyadan dunyoning jami 113 davlatiga zaytunyog’i eksport qilinmoqda.

Turkiyadan Yaponiyaga taxminan 8.5 mln dollarlik zaytunyog’i eksport qilindi

 

Turkiyadan Yaponiyaga taxminan 8.5 mln dollarlik zaytunyog’i eksport qilindi.

Bu, 2017 yilning 1 noyabrida boshlangan eksport mavsumining dastlabki 6 oyida olingan natijani ko’rsatadi.

Egey eksportchilar ittifoqining mamlakat miqyosidagi eksport natijalariga ko’ra, Turkiya 2017 yilning 1 noyabridan 2018 yilning 1 may oyigacha 199 mln 285 ming dollarlik eksport amalga oshirdi.

Xozirda Turkiyadan dunyoning jami 113 davlatiga zaytunyog’i eksport qilinmoqda.

Zaytunyog’i eksport qilingan davlatlar ichida 75 mln 473 ming dollar bilan AQSh birinchi o’rinda turadi.

48 mln 839 ming dollar bilan Ispaniya 2-o’rinda, 13 mln 767 ming dollar bilan Saudiya Arabistoni 3-o’rinda. 

Uzoq yillar mobaynida Uzoq sharq bozoriga ko’z tikkan turk eksportchilari sa’y-harakatlarining natijasini ola boshladi.

Xitoy, Gong-Kong va Indoneziya kabi davlatlarga ham mahsulot eksportida ortish kuzatilar ekan, joriy yilda zaytunyog’i eksportida katta ortish kuzatilgan davlat Yaponiya bo’ldi.

O’tgan mavsumning dastlabki 6 oyida Turkiya, Yaponiyaga 1 mln 363 ming dollar eksport amalga oshirar ekan, bu raqam joriy yilgi mavsumda 520% oshgan holda 8 mln 448 ming dollarga yetdi.

 


Tanlangan kalimalar: Yaponiya , eksport , zaytunyog'i , Turkiya

Aloqador xabarlar