Turkiyada chet elliklarning turar-joy talabida ortish kuzatildi

Chet elliklar Turkiyada eng ko’p mamlakatning Istanbul va Anqara shaharlaridan uy-joy sotib olishlikni afzal ko’rgan.

Turkiyada chet elliklarning turar-joy talabida ortish kuzatildi

Turkiyada shu yilning may oyida sotilgan uy-joylar soni o’tgan oyga nisbatan 2.7 foizga ortdi.

Shunga ko’ra Turkiya bo’ylab may oyida 119 ming 655 ta uy sotilgan.

Turkiya statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra Istanbul 20 ming 61 ta uy sotish orqali birinchi o’rinda, 11 ming 919 ta uy sotgan Anqara ikkinchi o’rinda, 7 ming 28 ta uy sotgan Izmir esa uchunchi o’rinda ekanligi ma’lum bo’lgan.

Chet elliklarga sotilgan uy-joylarda esa o’tgan yilning may o’yiga nisbatan 36.1 foiz ortish kuzatilgan.

O’tgan oyda 2 ming 415 ta uy-joy sotib olgan chet elliklar eng ko’p Istanbul va Anqaradan uy olishni afzal ko’rgan.  

Turkiyadan eng ko’p iroqlik, eronlik va saudiya arabistonliklar uy-joy olgan.


Tanlangan kalimalar: Turkiya , turar-joy , chet elliklar

Aloqador xabarlar