Turkiya ziravor eksportidan 72 mln dollar mablag’ qo’lga kiritdi

Ziravor eksportida jambil birinchi o’rinda, dafna barglari (лавровый) ikkinchi o’rinda turadi.

982418
Turkiya ziravor eksportidan 72 mln dollar mablag’ qo’lga kiritdi

Turkiya yanvar-aprel mavsumida 150 davlatga amalga oshirgan ziravor eksportidan 72 mln dollar mablag’ qo’lga kiritdi.

Egey eksportchilar ittifoqi ma’lum qilishicha, Turkiya 2017 yilda 160 mln dollarlik ziravor eksportini amalga oshirdi. Buning 75%lik qismini (120 mln dollar) Egeydagi ziravor eksportchilari amalga oshirdi.

Ziravor eksportida jambil birinchi o’rinda, dafna barglari (лавровый) ikkinchi o’rinda turadi.

Egey mebel, qog’oz va o’rmon mahsulotlari eksportchilari ittifoqi boshqaruv kengashi rahbari o’rinbosari Nurettin Tarakchio’g’li ma'lum qilishicha, Yevropa İttifoqi bilan Turkiyaning oziq-ovqat standardlaridagi farqlar, eksport qilingandan keyin turli sabablar bilan qaytib kelgan mahsulotlarning mamlakatga kirishida katta qiyinchiliklar tug'dirmoqda. 

“Turk ziravor eksportchilari sifatida siyosiy va iqtisodiy kon'yunkturadan mustaqil ravishda mahsulot ta’minlash xususida juda qat’iy ekanligimizni va bu shaklda yo’limizda davom etish niyatimizni ko’rsatdik”,-dedi Nurettin Tarakchio’g’li .

 


Tanlangan kalimalar: #Ziravor eksporti , #Turkiya , #Egey , #eksport

Aloqador xabarlar