Gazprom kechadan boshlab Ukrainaga tabiiy gaz yetkazishni to’xtatdi

Aleksandr Medvedev ma’lum qilishicha, Ukraina tabiiy gaz shirkati Naftogaz bilan Gazprom o’rtasida tabiiy gaz yetkazish bo’yicha shartnoma imzolanmagan.

Gazprom kechadan boshlab Ukrainaga tabiiy gaz yetkazishni to’xtatdi

Rossiya energiya shirkati Gazprom kechadan boshlab Ukrainaga tabiiy gaz yetkazishni to’xtatdi.

Gazprom direktori o’rinbosari Aleksandr Medvedev ma’lum qilishicha, Ukraina tabiiy gaz shirkati Naftogaz bilan Gazprom o’rtasida tabiiy gaz yetkazish bo’yicha shartnoma imzolanmagan.

Naftogaz tomonidan mart oyi uchun to’langan mablag’ qayta jo’natilganligini bildirgan Medvedev: “Shu sababli 1 martdan e’tiboran, Naftogazga tabiiy gaz berilmaydi”,-dedi.

Xalqaro arbitraj sudi avvalgi kuni bergan qarorida, Gazprom va Naftogaz o’rtasidagi davoni Naftogaz foydasiga hal qilgandi.

Gazpromning Ukrainaga tabiiy gaz yetkazish bo’yicha majburiyatlarini bajarmaganligi to’g’risida hukm chiqargan sud Gazpromning Naftogazga 2.56 mlrd dollar to’lashga qaror bergandi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Gazprom Naftogazga bo’lgan qarzini to’lamagan taqdirda, unga tegishli ob’yektlar garovga olinishi kerakligini bildirdi.

Poroshenko qolaversa, Ukrainada o’tgan yili cheklanishi rejalangan Rossiya banklari Sberbank, VTB, BM bank, Prominvestbank va VS Bankka nisbatan sanksiyalar uzaytirilishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: Ukraina , tabiiy gaz , Naftogaz , Gazprom

Aloqador xabarlar