Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 48-qism

Yevropaning eng yirik energiya loyihalaridan biri hisoblangan TANAP loyihasini yo’lga qoyish ishlari, muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda. Dasturimizning bugungi sonida TANAP loyihasi va uning atrof muhitga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilaylik.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 48-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari,

Yevropaning eng yirik energiya ta’minoti loyihalaridan biri hisoblangan TANAP, boshqacha qilib aytganda Trans Anado’lu tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasini yo’lga qoyish ishlari muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda. Yaqindagina Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan loyihaga 500 million dollarlik kredit ajratib berish borasida qaror qabul qilingan edi. Bu loyiha orqali Kaspiy dengizidan chiqarilgan tabiiy gazning Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.  

Ma’lum bo’lganidek bungacha TANAPga bag’ishlab Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiya banki tomonidan jami qariyb 2 milliard dollarlik kredit tasdiqlangan edi. Bugungi kundagi qurilish ishlari borasidagi kundan kunga ortib borgan muvaffaqiyati xalqaro investitsiya va moliyaviy tashkilotlar yordamini qo’lga kiritishda muhim o’rinni tashkil etmoqda.

Joriy yilning oktabr oyida loyiha yetakchiligi tomonidan berilgan bayonotda, loyihaning birinchi bosqichining deyarli tamomlanganligi va bu orqali 2018-yildan e’tiboran sinovdan o’tkazish maqsadida quvir liniyasiga gaz berila boshlashi mumkinligi qayd etildi. Loyihaga kiritilgan moliyaviy hissalar esa, qurilish jarayonining kutilgandan yana-da jadal natijalanishini ko’rsatmoqda. Jami 12 milliard AQSh dollari deya hisoblangan loyiha mablag’ining, muvaffaqiyatli davom etishi natijasida roppa-rosa 8 milliard AQSh dollariga qadar pasayishi va tabiiy gaz yetkazib berish xizmatining rejalashtirilgandan yana-da tez amalga oshishi, bu boradagi siyosiy irodaning kuchini va texnik muvaffaqiyatning sifatini yaqqol ko’rsatmoqda.   

Roppa-rosa 16 milliard kub metr deb rejalashtirilgan TANAP loyihasi doirasidagi gaz hajmining qariyb 10 milliard kub metrining Yevropaga, qolganlarini esa Turkiyaga berilishi rejalashtirilmoqda. Agar loyiha bugungi kundagi ijobiy muvaffaqiyatini saqlab qolgudek bo’lsa unda 2018-yilning iyun oyidan boshlab Turkiya TANAP tabiiy gazi bilan tanishish imkonini qo’lga kiritadi. Bu bilan birga 2020-yili ham Yevropaga gaz yetkazib berish faoliyati boshlaydi.   

Ma’lum bo’lganidek loyihaga 2015-yilning mart oyida Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan birga Ozarbayjon va Gruziya Davlat rahbarlari ishtirokidagi marosim bilan Turkiyaning Kars viloyatida asos solingan. Ushbu loyihaning Turkiya xizmati mamlakatning Ardahan viloyatidan boshlab Edirnedan Gretsiyaga qarab davom etadigan quvir liniyasi Turkiyaning roppa-rosa 20 shahridan o’tadi.  

Ozarbayjon bilan Turkiya iqtisodiyotiga jiddiy ravishda ijobiy hissa qo’shadigan TANAP orqali Yevropa mamlakatlarining ham o’tmishdagi energiya talabidagi monopolizatsiya haqidagi qayg’ulari yumshagan bo’ladi. TANAPning eng asosiy loyihasi hisoblangan Janubiy gaz yo’lagi qariyb 40 milliard AQSh dollari qiymatiga teng bo’lib uzunligi 3 ming 5 yuz kilometrni tashkil etadi. TANAP esa bu loyihaning qariyb 1850 kilometrini tashkil etadi. Janubiy gaz yo’lagi esa Janubiy Kavkaz quvir liniyasi va Trans Adriyatik quvur liniyasining TANAP bilan birlashuvidan tashkil tuzilgan. Ushbu loyihalar Ozarbayjonning, tabiiy gaz talablarining Yevropagacha xavfsiz ravishda yetkazib berishi bilan birga Turkiyaning ta’minot turlari bilan energiya yo’lagida eng asosiy yo’l bo’lish siyosatiga hissa qo’shadi.  

Bu bilan birga loyiha tamomlangan kundan e’tiboran Turkiyadagi tabiiy gaz narxlarining sezilarli darajada tushishi mumkinligi qayd etilmoqda. Ozarbayjonning “Shoh-dengiz 2” tabiiy gaz konidan chiqarilgan mahsulot xarajatining pas bo’lishi va bozorga olib chiqish jarayonida ham pas narx qoyish siyosatining aks etishi kutilmoqda.   

Turkiya tabiiy gaz iste’molida deyarli tashqariga qaramli davlatdir. Eng avvalo Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Nigeriya va Jazoirdan tabiiy gaz import qiladi. Rossiya va Erondan import qilingan tabiiy gaz narxlarining boshqa mamlakatlardan import qilingan tabiiy gaz narxlariga qaraganda yana-da qimmatroq ekanligini hisobga olsak unda Ozarbayjondan import qilinadigan arzon narxdagi energiyaning Turkiyaning uzoq muddatli savdo kuchini orttiradi degan fikrdamiz. TANAP loyihasining yo’lga qoyilishi bilan birgalikda eng avvalo 1 milliard bilan 3 milliard dollar o’rtasida tasarruf ko’zda tutilar ekan, jami esa loyihaning Turkiyaga bilvosita va bevosita ishtirokining 50 milliard dollarga yetishi ifoda etilmoqda.

Turkiyaning Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq o’rtasida energiya bazasi bo’lish rejalari uchun TANAP muhim ijobiy hissa qo’shmoqda. Tabiiy gaz konlari va ularning, mijozi sifatidagi Yevropa geografiyasiga yaqin bo’lishi Turkiyaga jiddiy ravishda ustunlik qozondirmoqda. Lekin bu maqsadga muvofiq mamlakat ichidagi energiya yetkazib berish liniyalarining ko’pligi va infratuzilmaning kuchi katta ahamiyat kasb etadi. TANAP loyihasi doirasida Turkiyaning qariyb 25 milliard kub metrlik tabiiy gaz tashish hajmi haqida gap ketmoqda lekin kelasi yillarda bundan bir xil vaqtning o’zida foydalanish ham ichki iste’mol, ham da eksport uchun murakkab bo’ladi. Shuning uchun ham infratuzilma qurilishida TANAP tomonidan taqdim etiladigan imkonlar va boshqalar uchun mahalliy ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi jihatidan muhimdir.

Ozarbayjon orqali qo’liga imkon kiritgan sharq va g’arb gaz yetkazib berish liniyasining keyingi yillarda Turkmaniston, Qozog’iston, Iroq, Eron va boshqa Sharqiy O’rta yer dengizi manbaalarining ham g’arbga yetkazib berilishida rol olishi kutilmoqda. Bu esa Turkiyaning uzoq muddatli iqtisodiy va siyosiy yutuqlarining muhim nuqtasini tashkil etadi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar