Rossiyaga pomidor eksport qilish faoliyatlari boshladi

Rossiyaning eng nufuzli chakana savdo zanjiriga yuborilgan pomidorlar Rossiyaning 750 ta marketiga yetkazib beriladi.

Rossiyaga pomidor eksport qilish faoliyatlari boshladi

Rossiyaga pomidor eksport qilishlik borasidagi cheklovlar bekor qilinar ekan mana bugun Turkiyaning Izmir shahrining Bergama tumanidagi dunyoning eng yirik issiqxonalaridan biri hisoblangan Agrobay issiqxonalarida yetishtirilgan pomidorlar, yuk tashuvchi mashinalarga yuklanib bugun Rossiyaning Sank Peterburg shahriga yuborildi.

Rossiyaning eng nufuzli chakana savdo zanjiriga yuborilgan pomidorlar Rossiyaning 750 ta marketiga yetkazib beriladi.

Agrobay Issiqxonasi boshqaruv kengashi a’zosi Arzu Shenturk Rossiya bilan bu yil 5 ming tonna pomidor uchun kelishib olganliklarini, keyinchalik narxlarga ko’ra buni 7 ming tonnaga chiqarishlari mumkinligini ifoda etdi.

Shenturk Rossiyadan tashqari Yaqin Sharq va Amerika Qo’shma Shtatlari kabi bozorlarga ham pomidor eksport qilishni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: pomidor eksporti , Turkiya , Rossiya

Aloqador xabarlar