Yunonistonda ishsizlar soni kamaydi

Mamlakatda ishsizlik nisbati joriy yilda 20.6%ga pasaydi.

Yunonistonda ishsizlar soni kamaydi

Yunonistonda ishsizlik kamaydi.

Mamlakatda ishsizlik nisbati joriy yilda 20.6%ga pasaydi.

Yunoniston statistika tashkiloti hisobotiga ko’ra, ishsizlik nisbati oyma-oy pasaygan holda, avgust oyiga kelib 20.6%ni tashkil qildi.

Avgust oyining o’zida ishsizlar soni bir oy oldingi natijaga ko’ra, 1.7% kamaygan holda, 984 mingni tashkil qildi.

Iyul oyida ishsizlik nisbati 20.9%ni tashkil qildi.

Mamlakatda asosan, 15-24 yoshdagi fuqarolar o’rtasida ishsizlik nisbati yuqori darajada bo’lib, bu nisbat 40.2%ga pasaydi.

Natijada mamlakatda ishsizlik nisbati joriy yil boshidan e’tiboran oyma-oy pasayish ko’rsatdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: hisobot , statistika , ishsizlik , Yunoniston

Aloqador xabarlar