Jahon iqtisodiyoti 45-qism

Zamonaviy ipak yo’li Turkiyaning mintaqadagi strategik ahamiyatini oshirar ekan, kelgusidagi iqtisodiy maqsadiga erishishi jihatidan ham katta imkoniyatlarni yaratadi.

Jahon iqtisodiyoti 45-qism

                              

Xitoydan boshlanib, Anadolu va O’rta Yer dengizi orqali Yevropaga tomon cho’zilgan Buyuk Ipak yo’li asrlar mobaynida sharq va g’arb o’rtasida savdo mollari tashiladigan guzargoh ro’lini o’ynagan.  Bugungi kunda Xitoy ko’hna o’tmishga ega bo’lgan bu yo’lni takror jonlantirish maqsadida dunyoning eng yirik transport loyihasi “Bir avlod bir yo’l” ya’ni zamonaviy ipak yo’li loyihasini hayotga tadbiq etmoqchi.

Turkiya bilan bir qatorda, jami 65 davlatni yaqindan qiziqtirgan bu loyiha dunyo aholisining 60%ga yaqinini, ya’ni taxminan 4.4 mlrd aholini o’z ichiga oladi. Global iqtisodiyotning 40%ga yaqinini qamrab olgan bu loyiha eksportda yangi imkoniyatlarni paydo qiladi va mahsulot turini oshirgan holda global tijoratni qaytatdan shakllantiradi.

Loyihaning eng ustuvor vazifalaridan biri temir yo’llari, transport yo’llari, portlar, aeroportlar, tabiiy gaz quvurlari va boshqa loyihalarni hayotga tadbiq etadigan qit’alararo integratsiyani ta’minlashdir.

Global tijorat yo’llarini shakllantiradigan ushbu tashabbuslar bir tomondan transport yo’lini qisqartiradi, bir tomondan moliyaviy chiqimni kamaytiradi.

Osiyo va Yevropa o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan Turkiya strategik joylashuvi jihatidan sharq va g’arbga qaratilgan savdo markazining eng muhim chorraxalaridan birini tashkil qiladi.

Bu jihatdan loyihaning transport va temir yo’llarini o’z ichiga olgan Buyuk ipak yo’li iqtisodiy tarmog’ining Yevropaga ulanishi Turkiya orqali amalga oshiriladi.

Zamonaviy ipak yo’lining o’rta koridor loyihasi doirasida xozirgacha Turkiyada Marmaray va Yovuz Sulton Selim ko’prigi loyihalari hayotga tadbiq etdi.

O’tgan kunlarda ochilgan Baku-Tbilisi-Kars temir yo’li ham ushbu o’rta koridor loyihasining eng muhim qismini tashkil qiladi. 1 mln yo’lovchi va 6 yarim tonna yuk tashish hajmiga ega bo’lgan Baku-Tbilisi-Kars temir yo’li kelgusida yo’lovchi tashish hajmini 3 mlnga, yuk tashish hajmini esa, 17 mln tonnaga chiqarishni maqsad qilmoqda.

Mazkur loyiha asosidagi barcha tez yurar poyezd tarmoqlarining oraga kirishi bilan Xitoydan kelgan yuk Baku-Tbilisi-Kars temir yo’li vositasida o’rta koridor orqali Yevropa davlatlariga yetkaziladi va buning muddati 12 yoki 15 kunga kamayishi taxmin qilinmoqda. Bugungacha Xitoydan Yevropagacha kelgan temir yo’llari Rossiya orqali o’tar ekan, Baku-Tbilisi-Kars temir yo’lining ishga tushishi bilan birga masofa taxminan 7 ming kmga qisqaradi.

Zamonaviy ipak yo’li Turkiyaning mintaqadagi strategik ahamiyatini oshirar ekan, kelgusidagi iqtisodiy maqsadiga erishishi jihatidan ham katta imkoniyatlarni yaratadi. Turkiyaning sharq va g’arb yo’nalishidagi savdo tarmog’ining Osiyo va Yevropa o’rtasidagi aloqa markazida joylashgani badavlat Yevropa investitsiyasini jalb qilish uchun ham katta fursatlarni keltirib chiqaradi.

Ushbu fursatlardan oqilona foydalanish esa, yana Turkiyaning tijoriy hamkorlari bilan bo’ladigan munosabatlariga bog’liq.

Bu loyihada Turkiyani asosiy o’ringa chiqaradigan yana bir mavzu energiya mavzusidir. Turkiya mavjud neft va tabiiy gaz zahirasi bilan bir qatorda, barpo etilayotgan ulkan loyihalari bilan ham energiya tijoratida markaz bo’lish yo’lida katta qadam tashlagan davlat sifatida zamonaviy ipak yo’li loyihasidan joy olgan.

Energiya manbalari jihatidan boy bo’lgan Yaqin sharq va O’rta Osiyo davlatlari bu manbalarni eksport qilish uchun eng yirik energiya bozori Turkiya va Yevropaga e’tibor qaratadi.

Ushbu energiya yetkazish yo’nalishining eng jozib chorraxasida joylashgan Turkiya mavjud energiya poydevori bilan o’z ehtiyojini qondiribgina qolmasdan, boshqa davlatlarning ham Yevropaga chiqish eshigiga aylanadi.

Osiyo bilan Yevropa o’rtasida energiya sohasidagi aloqalarning markazida joylashgan Turkiya, bu jihatdan eng katta maqsadlaridan biri energiya birjasini yo’lga qo’yadi. Bu bilan mintaqaviy hamda global haridorlarni mamlakat bozoriga jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Xulosa qilib aytganda Turkiya mavjud imkoniyatlardan foydalanib, eksport bozorini kengaytirib, global tijorat markazining bir bo’lagiga aylanadi va energiya tijoratida asosiy davlatlardan biri bo’lish yo’lidagi qadamlarini mustahkamlaydi.

 

 

 



Aloqador xabarlar