Turkiya roppa-rosa 93 davlatga choy eksport qildi

Choy, Sharqiy Qora dengiz iqtisodiyotining eng muhim qishloq xo'jaligi mahsuloti hisoblanadi.

Turkiya roppa-rosa 93 davlatga choy eksport qildi

Turkiya bu yilning yanvar va sentabr oylari o’rasida dunyoning roppa-rosa 93 davlatiga choy eksport qildi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasidan olingan ma’lumotlarga ko’ra bu davrda qilingan choy eksportida Belgiya 8 million 676 ming 448 AQSh dollari bilan birinchi, Germaniya 6 million 109 ming 347 AQSh dollari bilan ikkinchi, Kipr 1 million 82 ming 514 AQSh dollari bilan uchinchi, Saudiya Arabistoni esa 897 ming 304 AQSh dollari bilan to’rtinchi o’ringa kiritildi.   

Huddi mana shu davrda Kanada, Senegal, Iordaniya, Quvayt, Chad, Efiopiya, Singapur, Somali, Nigeriya, Gabon, Gambiya, Gana, Tanzaniya va Panama kabi turli davlatlarga ham Turk choyi eksport qilindi.

Yilning 9 oyida choy eksportining jami 21 million 732 ming 96 AQSh dollarini tashkil etdi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi Boshqaruv kengashi raisi Ahmet Hamdi Gurdog’an, jami choy eksportining 70 foizlik qismining Yevropa ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarga qaratilganligini ta’kidlagan holda,

“Choy, Sharqiy Qora dengiz iqtisodiyotining eng muhim qishloq xo'jaligi mahsuloti hisoblanadi. Yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning Turk choyini tanlashi natijasida eksportimiz Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlariga yana da ko’proq eksport qilina boshladi” deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar