Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar sonida bu yil ortish kuzatildi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra Istanbul oxirgi 9 oy mobaynida qariyb 8 million chet ellik sayyohga mezbonlik qilgan.

Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar sonida bu yil ortish kuzatildi

Turkiyaning eng yirik shahri hisoblangan Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar soni bu yil o’tgan yilga nisbatan 30 foizga ortdi.

Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar sonida yozgi mavsumda kuzatilgan ortish sentabr oyida ham davom etdi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra Istanbul oxirgi 9 oy mobaynida qariyb 8 million chet ellik sayyohga mezbonlik qilgan.

Sentabr oyida Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar soni, o’tgan yilning huddi mana shu oyiga nisbatan 30 foizga ortib, 1 million 45 ming 896 nafarga yetdi.

Bu yilning birinchi 9 oyida Istanbulga kelgan chet ellik ziyoratchi soni esa o’tgan yilning huddi mana shu davriga nisbatan 13 foizga ortgan.

Istanbul 2017-yilning yanvar-sentabr oylarida 7 million 997 ming 982 nafar chet ellik sayyohni mehmon qildi.

Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar orasida nemislarning 736 ming 444 kishi bilan birinchi, eronliklarning 636 ming 815 kishi bilan ikkinchi va saudiyaliklarning 470 ming 557 kishi bilan uchinchi o’rinda ekanligi kuzatildi.



Aloqador xabarlar