Jahon iqtisodiyoti 32-qism

Dasturimizning bugungi bo'limida, Turkiya Respublikasining 11-besh yillik rivojlanish rejasi haqida so'z qilamiz.

Jahon iqtisodiyoti 32-qism

Bugungacha roppa-rosa 10 ta besh yillik rivojlanish rejasi yo’lga qo’yilgan Turkiya iqtisodiyotida 2014-2018-yillarni o’z ichiga olgan 10-besh yillik rivojlanish rejasi davrining o’z nihoyasiga yetishiga ozgina vaqt qoldi. Shunday ekan navbatda 2019-2023-yillarni o’z ichiga oladigan 11-besh yillik rivojlanish rejasi mavjud. 10-besh yillik rivojlanish rejasi orqali islohotlarda muvaffaqiyatga erishgan Turkiya iqtisodiyoti, huddi mana shu jarayonda tarkibiy o’zgarishni tezlik bilan yo’lga qoyish payiga tushgan vaziyatda. 

 

Lekin bu davrda duch kelingan bir necha ichki va tashqi aralashuvlar orqali bu o’zgarish va ishlab chiqarish jarayoni muvaffaqiyatsizlikga uchratilishga harakat qilindi. Bundan maqsad Turkiyaning iqtisodiy tarmog’idagi mehnat unumdorligi, iqtisodiy ko’rsatkichlardagi yaxshilanishlarni to’xtatish, mintaqaviy va global ma’noda ta’minlangan hamkorliklarini buzish ekanligi aniq.  

 

Turkiyada o’tgan yili yuz bergan 15-iyul kungi voqea esa bu aralashuvlarning eng yaqqol o’rnagini tashkil etadi desak mubolag’a bo’lmaydi. 15-iyuldan keyingi Turkiya iqtisodiyoti eng avvalo ichki va tashqi bozorlarda tazyik ostiga olinishga harakat qilindi. Ortidan esa ba’zi kredit reyting agentliklarining reyting bahosini kamaytirish va bir necha xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning salbiy tanqidlariga ma’ruz qoldi.

 

Bunga qaramay Turkiya iqtisodiyoti, bu jarayonining makroiqtisodiy ko’rsatkichlarida hech qanday buzilishga uchramadi. Aksincha, o’sish sur’atidagi barqarorligini davom ettirgan holda, yana-da dinamik bir tuzilishga ega bo’ldi. Bu nuqtai nazardan oldimizdagi besh yil uchun tayyorlanadigan 11-rivojlanish rejasini o’z ichiga oladigan siyosat maqsadlari va strategiyalari Turkiya iqtisodiyotiga atab, muvaffaqiyatli kelajak xaritasining chizilishi uchun muhim rol o’ynaydi.

 

11-besh yillik rivojlanish rejasining eng muhim unsurlaridan birini tayyotgarlik bosqicihida belgilangan Mutaxassislik komissiyalari tashkil etadi. Roppa-rosa 43 sohada tashkil etiladigan bu komissiyalar davlat, xususiy tarmoq, fuqarolik jamiyati vakillari va akademiklarni bir joyda jamlaydi. Bu yol orqali turli soha mutaxassislari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar natijasida 11-besh yillik rivojlanish rejasining asosiy doirasi aniqlanadi.   

 

O’sish dinamikasi va inflyatsion bilan qat’iy kurash kabi maxsus komissiyalar makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga bevosita ta’sir ko’rsatadigan sohalarni o’z ichiga qamrab olmoqda. Moliyaviy xizmatlarning rivojlantirilishi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Ishlab chiqarish sanoati siyosati, Energiya bilan ta’minlash xavfsizligi va samaradorligi kabi sarlavhalar qo’lga olingan komissiyalarda esa rivojlanish salohiyatiga ega bo’lgan mavzular mavjud. Bu bilan birga Daromadlarni taqsimlash va kam ta’minlanganlik, Mehnat bozori va yosh ishchi kuchi kabi sarlavhalar ham bor. Ushbu komissiyalarda ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik borasida tashlanadigan muhim shaxdam qadamlar uchun tayyorgarlik ko’rilajagini aytish mumkin.

 

Bundan tashqari turli sohaning mutaxassislaridan iborat 32 moddalik faoliyat guruhi tashkil etiladi. Asosiy metal, kimyo sanoati, mashinasozlik sanoati, avtomobil va elektron sanoati kabi sohadagi faoliyat guruhi Turkiyadagi huddi mana shu tarmoqlardagi rivojlanish masalalarini baholaydi va siyosiy masalada tavsiyalar beradi. Sanoat mahsulotining Yalpi ichki mahsulot ichidagi ulushida oxirgi 15 yil mobaynida ancha ortish kuzatildi. Bu ortishning kelasi besh yillik jarayonda ham davom ettirilishi, rivojlanish rejasi doirasida belgilanadigan maqsadlar bilan aloqalidir. Shu nuqtai nazardan, barqaror o’sishga erishish uchun reja doiarasida sanoat tarmog’ida yuz beradigan o’zgarishlar judayam muhimdir.   

 

Energetika texnologiyalaridagi mahalliy ishlab chiqarish masalasida esa energiya ta’minotining xavfsizligining ta’minlanishi uchun kerakli texnologik manbaalarni qo’lga kiritishga e’tibor beriladi. Turkiyadagi joriy kamomadning eng muhim sabablaridan biri energiya importi bo’lganligi uchun, kun o’tgan sayin mahalliy energiya ishlab chiqarishga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shuning uchun ham huddi mana shu reja doirasida energiya texnologiyalarining mahalliy ishlab chiqarilishi masalasida keyingi besh yilga qaratilgan konstruktiv qarorlar qabul qilingan taqdirda joriy kamomad raqamlari ustida yaxshilanishlarni kuzatish mumkin.

 

Shu tufayli 2019-2023-yillarni o’z ichiga oladigan 11-besh yillik rivojlanish rejasi, mutaxassis komissiyalar va faoliyat guruhlari o’rtaga qoyadigan strategiyalar ta’sirida, Turkiyaning 2023-yilgi maqsadlari tomon shaxdam qadamlar tashlashiga yo’l ochadi. Turkiyaning barqaror va qamrovli o’sishi, joriy kamomad raqamlarini eng past darajada tutish va yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirish maqsadlariga erishishi uchun 11-besh yillik rivojlanish rejasiga eng samarali tarzda tayyorlanishi kerak. Turkiya iqtisodiyotining siyosiy hokimiyat tomonidan ta’minlanadigan barqarorlik orqali byurokratik to’siqlar va ikki yuzlamachilikdan qutiladigan mana shu jarayonida yo’lga qoyiladigan rivojlanish rejasi, konstruktiv va uzoq muddatli siyosatlar o’rin oladigan yangi bir davrning yo’lini qidirmoqda.  

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: rivojlanish rejasi , Turkiya

Aloqador xabarlar