Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 31-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Yevroosiyo qit’asida transportni qulaylashtirish loyihalari va Turkiyaning bu loyihalarga qo’shgan hissasi haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 31-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Oxirgi yillarda dunyodagi iqtisodiy o’sishlar g’arb mamlakatlariga qaraganda ko’proq sharq mamlakatlarida kuzatila boshladi. Bu vaziyat Yevroosiyo qit’asining ahamiyatining ortishiga ham yo’l ochdi. Shuning uchun ham Yevroosiyo qit’asidagi transport va hamkorlikni rivojlantirishni ko’zlagan ko’plab loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu loyihalar ayniqsa infratuzilmalarga, energetika va transport liniyalariga yo’naltirilgan vaziyatda. Shu doirada Yevropa ittifoqi, AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi aktyorlar ham strategiyalar ustida ish olib bormoqda. Ushbu strategiyalar YI uchun alohida o’ringa ega. Chunki YI Rossiyaga muqobil transport liniyalari qidirmoqda va energetika tarmog’idagi Rossiyaga bo’lgan qaramliligini kamaytirish payida. Bu nuqtai nazardan YI, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish dasturlari boshlatib, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bo’lgan munosabatlarini mustahkamlash uchun kerakli faoliyatlar yuritmoqda.   

Bu doirada “Ipak yo'li iqtisodiy kamari” bilan “XXI asr Dengiz Ipak yo’li” tashabbusi ikkita muhim global loyiha hisoblanadi. Ushbu loyihalar Osiyo va Yevropa bozorlarini bir-biriga bog’lashni ko’zda tutmoqda. Shu maqsadda Turkiya ham a’zo bo’lgan “Ipak yo’li banki” bilan “Osiyo infratuzilma investitsiya banki” tashkil topdi. Bu yo’l orqali mintaqa mamlakatlari va mintaqada faol rol olmoqchi bo’lgan aktyorlar ta’minlagan moddiy manbaalarni bir kassada toplash nazarda tutilmoqda.

Turkiya bu strategiyalar uchun strategik nuqtada o’rin olgan muhim mamlakat hisoblanadi.  Shuning uchun ham Turkiya bu loyihalarga qo’sha oladigan hissasini ma’lum qildi va bu borada loyihalar ishlab chiqdi. Ushbu loyihalar orasidagi eng aktual va muhim bo’lganlari “Yevroosiyo qit’alararo yo’lagi”, “Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li”, “Marmaray” va “Buyuk Ipak yo’li O’rta yo’lagi” loyihalaridir. Bu loyihalar faqatgina Turkiya yoki Osiyo uchun emas ayni vaqtda Yevropa uchun ham muhimdir. Chunki “Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li” va “Marmaray” orqali Xitoydan Angliyagacha uzluksiz transport imkoni ta’minlanadi. “Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li” yaqindagina yo’lovchilarga atalgan birinchi safarini amalga oshirdi. Xalqaro liniyadagi birinchi safarini esa shu yilning sentabr oyida boshlashni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda o’z faoliyatini yuritayotgan “Boku-Tbilisi-Erzurum Tabiiy gaz guvir liniyasi” va “Boku-Tbilisi-Jeyhan neft liniyasi” ham Turkiyaning qit’adagi ahamiyatini ko’zga yaqqol tashlamoqda.   

“Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li”ning yana bir maqsadi mintaqada yangi energetika yo’lagini tashkil etishdir. Ozarbayjonning neft mahsulotlarini huddi mana shu liniya orqali dunyoga yetkazilishi ko’zda tutilmoqda. Bunga qo’shimcha sifatida Turkiya bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi mavjud transport ham huddi mana shu liniyada qolishi mumkin. “Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li liniyasi” Yevroosiyodagi iqtisodiy munosabatlarni yana-da mustahkamlaydi. Shuning uchun ham u faqatgina bir temir yo’li liniyasi emas ayni vaqtda tarixiy Buyuk Ipak yo’lining qayta tiklanishi, mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarni mustahkamlash loyihasidir. Loyihaning yo’lga qoyilishi bilan Yevropa va Turkiya-Gruziya-Ozarbayjon orqali Markaziy Osiyo bilan Uzoq sharq o’rtasida temir yo’li va barqaror yuk va yo’lovchi tashish faoliyati ta’minlanadi. Bu yo’l orqali Yevroosiyo qit’asidagi mamlakatlarning savdo hajimlarining orttirilishiga va boyishiga hissa qo’shiladi.

Aytib o’tish joizki bu loyihalar qit’aga imkonlar bilan birga ayni vaqtda xavflarni ham o’zi bilan birga olib kelishi mumkin. Ulardan Afg’onistondagi beqarorlik, bojxona tartib-qoidalarining bir-biriga to’g’ri kelib kelmasligi va Kaspiy dengizining qonuniy statusi muammosi eng asosiylari hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda mintaqadagi texnik va huquqiy infratuzilma bu ittifoqni ko’tara olmaydigan darajadadir. Turkiya huquqiy infratuzilma muammosining hal bo’lishi uchun 2009-yili Bokuda uyushtirilgan va bojxona tartib-qoidalariga atalgan sammitda, “Karvansaroy loyihasini” (Karvansaroy loyihasi, bojxona tartib-qoidalarini qulaylashtirish faoliyatlarini qo’llab-quvvatlaydi) taklif etgan edi. Bu taklif ijobiy qabul qilindi va bugungi kunda uning ustidan eksperimental tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu loyihalarning muvaffaqiyatli ravishda tamomlanishi mintaqaviy rivojlanishga ijobiy hissa qo’shadi. Shuningdek mintaqa mamlakatlari iqtisodiy tarmoqda o’z hamkorligini rivojlantirib, savdo hajimlarini orttirish imkoniga erishadi.

Dunyoda yuz berayotgan yangiliklar bilan birga Yevroosiyo, global siyosat va iqtisodiyotda borgan sayin shaxdam qadamlar tashlab bormoqda. Shuning uchun Yevroosiyo mamlakatlarining mintaqaviy tashabbuslari va mintaqaviy mexanizmlarning yaratilishi muhim voqea hisoblanadi. Turkiya bu borada ham qulaylashtirguvchi, ham da bog’lanish nuqtasi rolini o’z zimmasiga olmoqda. Chunki Turkiya kuchli port infratuzilmasi bilan dengiz yo'li jihatidan muhim imtiyozlarga ega. Lekin temir yo’li va logistik tarmoqning mustahkamlanishiga qaratilgan loyihalar tezlik bilan tamomlanishi shart. Turkiya bu loyihalar orqali Xitoy, Rossiya kabi mamlakatlar bilan rivojlangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi. Bu loyihalar Turk dunyosi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu loyihalar Turkiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston va O'zbekiston kabi Turk Respublikalarini bir-biri bilan yana-da yaqinlashtirishi mumkin.      

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar