Erdog’anning, dollar o’rniga turk lirasidan foydalanish talabiga turk xalqi ham ijobiy javob berdi

Erdog’an Rossiya, Eron va Xitoyni mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilishga undar ekan, nomi tilga olingan davlatlardan ijobiy javob kelgan edi.

625755
Erdog’anning, dollar o’rniga turk lirasidan foydalanish talabiga turk xalqi ham ijobiy javob berdi
TL kampanyası.jpg
TL kampanyası.jpg
TL kampanyası.jpg
TL kampanyası.jpg

AQSh dollari o’rniga Turk lirasidan foydalanish uchun uyushtirilgan kampaniyalar soni kun o’tgan sayin ortib bormoqda.

Malatiyadagi I Uyushgan sanoat zonasi o’zining barcha faoliyatini Turk lirasi ustidan yuritish bo’yicha qaror qabul qildi.

Ushbu qaror orqali I Uyushgan sanoat zonasidagi fabrika uchastkalari uchun olingan infratuzilma to’lovlari bilan barcha ish tartibi bundan buyon Turk lirasi ustidan amalga oshiriladi.

Van viloyati Tushba munitsipaliteti ham, “Valyutalaringizni almashtirib, o’z nomingizni tarix sahifalariga muhrlating” deb nomlangan kampaniya boshlatdi.

Ushbu kampaniyaga ko’ra valyutasini liraga almashtirib, uning kvitansiyasini Tushba munitsipalitetiga olib kelganlarning nomi katta-kichik munitsipalitet asarlarida chop etiladi.

Roppa-rosa 500 AQSh dollari yoki yevro almashtirganlar nomidan ko’chat ekishga va’da bergan munitsipalitet rahbariyati, almashtirilgan valyuta miqdori ortgan sayin pul egalari nomini ko’chatlarga, sport zallariga, ta’lim markazlariga va bog’larga bermoqchi.

Turkiyaning Adiyaman viloyatida esa Prezident Erdog’anning foizlarni tushirish talabini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Sen yolg’iz emassan Rais” deb nomlangan imzo kampaniyasi boshlatildi.

Adiyaman shahar hokimi Husrev Kutlu bu haqida gapirar ekan u o’z so’zida;

“Maqsadimiz Hurmatli Prezidentimiz talabini qo’llab-quvvatlaganligimizni yetkazish. Buning uchun turk, kurd, alaviy, sunniy, musulmon, hristian demay bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqardik” dedi.

Bu birlik va birdamlik uchun Turkiya fuqarolarining qiziqishi katta edi.

Erdog’an Rossiya, Eron va Xitoyni mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilishga undar ekan, nomi tilga olingan davlatlardan ijobiy javob kelgan edi.

 

  



Aloqador xabarlar