Eron iqtisodiyoti mushkul ahvolda...

Neft bahosining pasayishi va sanksiyalar sababli iqtisodiyoti mushkul ahvolda bo’lgan Eron byudjetini cheklamoqda.

313006
Eron iqtisodiyoti mushkul ahvolda...


Eron 5 yildan beri oziq-ovqat va energiya sohasida tadbiq etilgan cheklovlarning kompensatsiyasi uchun xalqning katta qismiga oyda 15 dollar atrofida kompensatsiya to’layotgan edi.
O’tgan oylarda 1 million aholi kompensatsiya ro’yxatidan chiqarilgan edi.
4 million aholi o’z xohshi bilan kompensatsiya talabidan voz kechgan edi.
Eron hukumati xozirda bu ro’yxatni qisqartirishga harakat qilmoqda.
Hukumat 22 avgustdan e’tiboran 1 million fuqaroni ro’yxatdan chiqarishini bildirdi.
Natijada, davlat byudjetida oyda 30 million dollarlik tejamkorlik maqsad qilinmoqda.
Hukumat kompensatsiya ro’yxatidan chiqarilganlar sonini kelgusi mart oyigacha 6 millionga chiqarishni ko’zlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar