Turkiya 2014 yili eksportda 4.8% ortishni qo’lga kiritdi

Turkiyadan Yevropa İttifoqiga amalga oshirilgan eksport darajasi 11.7% ortganini bildirgan Nihat Zeybekchi 2015 yilda bundan ham katta yutuqlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

177680
Turkiya 2014 yili eksportda 4.8% ortishni qo’lga kiritdi


Ankarada o’tkazilgan 7-Elchilar konferensiyasida so’zga chiqqan Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi eksport jihatidan Turkiya dunyodagi boshqa davlatlar oldida katta imkoniyatlarga ega bo’lgan davlatga aylanganini tilga oldi.
Zeybekchi 2014 yili eksport bo’yicha 4.8% ortishni qo’lga kiritganini ma’lum qildi.
Zeybekchi “Turkiya 2014 yili 2.8% rivojlandi, buning 2.6%ini eksportdan qo’lga kiritdi. Turkiya notinchlik hukm surgan mintaqaning o’rtasida joylashganiga qaramasdan bu yutuqni qo’lga kiritdi”-dedi.
Turkiyadan Yevropa İttifoqiga amalga oshirilgan eksport darajasi 11.7% ortganini bildirgan Nihat Zeybekchi 2015 yilda bundan ham katta yutuqlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar