Turkiyada eksport nisbati avgust oyida 2.9% ortish ko’rsatdi

Turkiya Statistika Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, eksport avgust oyida o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 2.9% ortib, jami 11 milliard 440 million dollarni tashkil qildi.

144667
Turkiyada eksport nisbati avgust oyida 2.9% ortish ko’rsatdi

Turkiya Statistika Tashkiloti tashqi tijorat hisobotini e’lon qildi.
Turkiyaning eksporti avgust oyida o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 2.9% ortish ko’rsatdi.
Tashqi tijorat kamomadi esa, 13.5% ortdi.
Turkiya Statistika Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, eksport avgust oyida o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 2.9% ortib, jami 11 milliard 440 million dollarni tashkil qildi.
İmport esa, 7% ortish bilan jami 19 milliard 476 dollarni ko’rsatdi.
Avgust oyida tashqi tijorat kamomadi 13.5% ortish bilan, 7 milliard 80 million dollardan 8 milliard 36 million dollarga ko’tarildi.
Yanvar-avgust oyi mobaynida tashqi tijorat kamomadi o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 20% pasaydi.
Eksportning importni to’ldirish nisbati o’tgan yilning avgust oyida 61.1%ni tashkil qilar ekan, joriy yilning avgust oyida esa, 58.7%ga pasaydi.
Avgust oyida Yevropa İttifoqiga qilingan eksport 10% oshdi va eng ko’p mahsulot eksporti Germaniyaga amalga oshirildi.
İroqqa amalga oshirilgan eksport esa, 8 oyda 5% pasayib, 7 milliard dollarga tushdi.
İmport natijalariga ko’ra, dastlabki o’rinda turgan Xitoy Turkiyaga 2 milliard 257 million dollarlik mahsulot import qildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar