Pokistondagi tabiiy ofat yuzasidan halok bo‘lganlar soni ortdi

Pokistonda, 14-iyundan beri davometayotgan tabiiy ofat yuzasidan halok bo‘lganlar soni ortdi.

1889346
Pokistondagi tabiiy ofat yuzasidan halok bo‘lganlar soni ortdi

Pokistonda 14-iyundan beri davom etgan musson yomg‘irlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 1697 nafarga yetdi.

Pokiston Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 14-iyunidan beri davom etayotgan og‘ir yog‘ingarchiliklar oqibatida 1697 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 631 nafari yosh bola va 340 nafari ayol kishi. Halok bo‘lganlardan tashqari 12 ming 867 kishi tan jarohati oldi.

Yog‘ingarchilik yuzasidan 2 milliondan ortiq uy, ziyon ko‘rdi. Roppa-rosa 1 million 163 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvoni nobud bo‘ldi.

Toshqin oqibatida 13 ming 97 kilometr yo‘l va 440 ko‘prik vayron bo‘lar ekan, 33,4 million kishi jabrlangan.



Aloqador xabarlar