Amerika Qo‘shma Shtatlarining 16 shtati Trampni sudga berdi

Koliforniya shtati bosh prokurori Xaviyer Bekerra Amerika Qo‘shma Shtatlarining 16 shtati nomidan sudga murojaat qilgan.

1148171
Amerika Qo‘shma Shtatlarining 16 shtati Trampni sudga berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining 16 shtati AQSh prezidenti Donald Trampning Amerika-Meksika chegarasida devor qurish uchun 8 mlrd dollar olish umidida e’lon qilgan “favqulodda holat to‘g‘risidagi deklaratsiyasi”ni bekor qilish maqsadida sudga berdi.

Bu haqda Koliforniya shtati bosh prokurori Xaviyer Bekerra ma’lum qildi.

U Amerika Qo‘shma Shtatlarining 16 shtati nomidan sudga murojaat qilgan.

Sudga murojaat qilish Trampning Amerika-Meksika chegarasida quriladigan devorga mablag’ ajratish uchun e’lon qilgan favqulodda holat to‘g‘risidagi deklaratsiyasini bekor qilish bilan bog’liq.

“Trampning konstitutsion qoidalarni buzishi va kongressning Amerika xalqi va shtatlariga ajratgan pulni o’g’irlashiga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi Koliforniya shtati bosh prokurori CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Trampning bu tashabbusini to’xtatish uchun sudga murojaat qilgan shtatlar Kolorado, Konnektikut, Delaver, Gavayi, Illinoys, Maine, Merilend, Michigan, Minnesota, Nevada, Nyu-Djersi, Nyu-Meksiko, Nyu-York, Oregon, Virjiniya va Koliforniya shtatlari bo’lib hisoblanadi.

Aniqlik kiritilishicha, sudga murojaat qilgan shtatlar prezidentning davlat pul mablag‘larini devor qurish uchun sarflashga haqqi yo‘q, deb hisoblaydi.

Eslatish joizki, 2019-yil AQShda Trampning chegarada qurishni rejalagan devorni qanday moliyalash ustidagi qizg’in janjal bilan boshlandi, hukumat qisman yopildi.

Kongress AQSh prezidentining chegaraga devor qurish uchun talab qilgan fondni tasdiqlamagach, federal hukumatning takror yopilmasligi uchun noqonuniy migratsiya va giyohvand modda savdosiga qarshi kurashni sabab qilib ko’rsatgan Tramp favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Tramp ayni paytda saylov kompaniyasida va’da qilganidek, devorni moliyalash uchun AQShning janubiy chegara hududlarida migratsiya tahlikasi yuzaga kelganligini sabab qilib ko’rsatgan edi.

Tomonlar tortishuviga sabab bo'layotgan asosiy masala shu - AQSh-Meksika chegarasida devor qurilishi.

Tramp ushbu devor chegara xavfsizligini ta'minlash, jinoiy to'dalar va noqonuniy migrantlarning mamlakatga kirishini to'xtatish uchun zarur degan holda, kongressdan 5,7 milliard dollar talab qilgan.

Demokratlar esa devordan foyda yo'q deya, qurilish uchun mablag’ ajratmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Natijada, prezident Tramp hukumatni 2018-yil 22-dekabrdan-2019-yil 25- yanvargacha qisman yopishga qaror qilgandi.


 



Aloqador xabarlar