Tarixda bugun 16.02.2019

Turkiya va dunyo tarixida bugun yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1146575
Tarixda bugun 16.02.2019

1459-yilning 16-fevrali kuni Istanbulni fath qilish orqali Turklar tarixida yangi davrni boshlab bergan Fatih Sultan Mehmedning o’qituvchisi, Turk olimi Oqshamsiddin vafot etdi. Buyuk olim bo’lgan Oqshamsiddin hazratlari, ilm-fan va tasavvufta bo’lganidek, tibbiyot va farmatsevtika sohasida ham katta o’bruga ega edi. U faqatgina azo-i badan kasalliklarini emas, ayni vatqda ruhiy kasalliklarni ham davolardi. Oqshamsiddin, Antonie van Leeuwenhoek tomonidan qariyb ikki asir keyin ilmiy tajriba orqali topilgan mikrobni, “Maddat-ul Hayot” deb nomlangan asarida, necha yillar oldin quyidagi so’zlar bilan yodga soladi:

“Kasalliklar odam bolasida birma-bir o’rtaga chiqadi deyishlik xatodir. Kasallik, insondan-insonga yuqish orqali o’tadi. Bu esa, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan darajada kichik faqat jonli urug'lar orqali yuz beradi” degan.  

1925-yilning 16-fevrali kuni Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturkning buyrug’i bilan mamlakatda aviatsiya sanoatini tashkil etish, harbiy, harbiy bo’lmagan, sportiv va turistik aviatsiya tarmog’ini rivojlantirish maqsadida “Turk havo tashkiloti” qurildi. Tashkilot Turkiyaning birinchi ayol uchuvchisi Sabiha Go’kchen kabi bir necha uchuvchini voyaga yetkazdi. 1931-yili uchuvchilardan Vejihi Bey, o’z ustaxonasida ishlab chiqargan uchoq orqali havoga ko’tarilib, Turkiyani qisqacha kezib cihiqsh baxtiga muyassar bo’lar ekan, tashkilotning chet elda ta’lim olgan muhandislaridan Selahattin Reshit Bey va uning guruhi motor va parragidan tashqari butun bo’lakchalari mahalliy bo’lgan, birinchi milliy uchoqning prototipini yaratdi.

1959-yilning 16-fevrali kuni Fidel Castro, Kuba inqilobi natijasida Fulgencio Batistaning 1-yanvar kuni rahbarlikdan uzoqlashtirilishi ortidan Kubaning Davlat rahbari bo’ldi. Batista diktaturasini ag’darish niyatida 1953-yili boshlatgan faoliyatlari bilan Kuba inqilobining eng muhim liderlaridan biri hisoblangan Castro, davlat rahbari bo’lganidan keyin mamlakatda eng avvalo narx-navo va uy ijara to’lovlarini tushirdi. Amalga oshirgan yer islohoti yordamida yirik yer uchastkalarini davlat mulkchiligiga o’tkazib undan “Xalq fermalari” ochgan Castro boshqaruvining qisqa vaqt ichida AQSh bilan bo’lgan munosabati salbiy tus oldi. Vaqt o’tishi bilan esa AQShning ashaddiy dushmaniga aylandi. 1961-yili Amerika tomonidan Kubaga qarshi yo’lga qo’yilgan “Chochqalar ko’rfazi” ortidan 1962-yili Sovet raketalarining Kubaga joylashtirilishiga ruxsat bergan Castro, uzoq yillargacha Amerika-Sovet muammosining markazida qolib ketdi. Castro, 2008-yili bergan bayonoti bilan davlat rahbarligidan ketganligini e’lon qildi.  

1999-yilning 16-fevrali kuni O’zbekiston poytaxti Toshkentda Prezident Islom Karimovga suyuqasd uyushtirildi. Karimov mazkur hujumdan, tasodifan qutildi. Hujumda 15 nafar o’zbek askari jon berar ekan, onlab kishi tan jarohati oldi. Hujumni Hizb-ut Tahrir o’z bo’yniga oldi.

 



Aloqador xabarlar