Tarixda bugun 09.02.2019

Tarixda, 9-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

Tarixda bugun 09.02.2019
  • 1788-yilning 9-fevrali kuni Avstriya Usmoniy-Rus urushiga doxil bo’ldi. Avstriya 1787-1792 yillardagi Usmoniy-Rus urushlari chog’ida Rossiya tomonidan urushda ishtirok etib, Usmoniy davlatining og’ir yo’qotishga, urushda mag’lubiyatga uchrashiga yo’l ochdi.
  • 1934-yilning 9-fevrali kuni Bolqon shartnomasi Turkiya, Gretsiya, Yugoslaviya va Ruminiya o’rtasida Afinada imzolandi. Mazkur shartnomaga ko’ra Bolqon davlatlari bir-birining mol-mulkini hurmat qilar edi. Bu orqali Bolqon davlatlari chegaralarini o’zaro himoya qiladigan bo’ldi.
  • 1965-yilning 9-fevrali kuni.. Vetnam urushi… Eng avvalo AQSh askarlari janubiy Vetnamga yuborildi. Vetnam urushi Sharqiy Blok mamlakatlari Shimoliy Vetnam, Xitoy va Sovet Ittifoqi bilan AQSh tomonidan qo’llab-quvvatlagan anti-kommunist Janubiy Vetnam o’rtasidagi urush.
  • 1968-yilning 9-fevrali kuni.. Birinchi ayol yo’l politsiyasi ishlay boshladi. Istanbulning Eminönü maydonida yo’l harakati qoidalarini nazorat qilgan politsiya xodimi Fikriye Yavuz, Turkiyaning birinchi ayol yo’l politsiyasi degan nomga ega.
  • 1986-yilning 9-fevrali kuni Galleya dumli yulduzi quyoshga eng yaqin masofada bo’ldi. Bu uning XX asrdagi ikkinchi tashrifi edi. Mazkur yulduz har 75-76 yilda bir ko’rinadi. Galleya dumli yulduzi, qurollanmagan ko’z bilan ko’rinadigan yagona yulduzdir. Mutaxassislarning  hisoblari bo’yicha keyingisi 2061-yil o’rtasida ko’rinadi.


Aloqador xabarlar