Surgut shahridan Moskvaga parvoz qilgan samolyotda qurollangan yo'lovchi hodisasi...

Qurollangan bir yo’lovchi mahalliy vaqt bilan soat 14:55da Surgutdan Moskvaga parvoz qilgan Aeroflot aviakampaniyasiga oid “Su1515” samolyotini Afg’onistonga uchishga majburlagan.

1130803
Surgut shahridan Moskvaga parvoz qilgan samolyotda qurollangan yo'lovchi hodisasi...

 

Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugidagi Surgut shahridan Moskvaga parvoz qilgan samolyotda ajabtovur hodisa ro’y berdi.

Ma’lumotga ko’ra, qurollangan bir yo’lovchi samolyotning Afg’onistonga parvoz qilishini talab qilgan.

Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, qurollangan bir yo’lovchi mahalliy vaqt bilan soat 14:55da Surgutdan Moskvaga parvoz qilgan Aeroflot aviakampaniyasiga oid “Su1515” samolyotini Afg’onistonga uchishga majburlagan.

Moskvadagi Sheremetyevo aeroportiga qo’nishi kerak bo’lgan samolyot bu hodisa tufayli Xanti-Mansiysk okrugidagi aeroportga favqulodda qo’nishga majbur bo’lgan.

Rasmiylar hozircha voqea tafsilotlari haqida rasmiy ma’lumot bermadi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Xanti-Mansiysk , #Surgut , #Moskva , #Su1515

Aloqador xabarlar