Tolibon Afg'onistonning Balh viloyatida hujum sodir qildi

Hujumda 2 ta qo’riqchi halok bo’lgan, 5 ta qo’riqchi yaralangan.

Tolibon Afg'onistonning Balh viloyatida hujum sodir qildi

 

Afg’oniston shimolida joylashgan Balh viloyati Chemtal tumanida qo’riqchilar nazorat markaziga Tolibon tomonidan hujum sodir etildi.

Hujumda 2 ta qo’riqchi halok bo’lgan, 5 ta qo’riqchi yaralangan.

Balh xavfsizlik boshqarmasi rahbari Akram Same ma’lum qilishicha, Tolibon a’zolari Chemtal tumanining Bangala mahallasida joylashgan qo’riqchilar nazorat markaziga hujum qildi.

Hududdagi tinch aholi vakillaridan Muhammad Akbarning so’zlariga ko’ra, aslida hujumda 10 ta qo’riqchi halok bo’lgan.

Tolibon esa, hujumda 9 ta qo’riqchini o’ldirganligini ilgari surdi.


Tanlangan kalimalar: Tolibon , Balh , hujum , Afg'oniston

Aloqador xabarlar