Sudanda oltin koni topildi

Sudanda oltin ishlab chiqarish hajmi 2017 yilda 105 tonnaga yetar ekan, o'tgan yilning dastlabki 9 oyi mobaynida oltin ishlab chiqarish hajmi 78 tonnani tashkil qildi.

Sudanda oltin koni topildi

Sudanda yilda 7 tonna oltin qazib olinadigan oltin zahirasi topildi.

Sudanning Qizildengiz viloyatida ma’danchilik sektorida faoliyat ko’rsatgan firma rahbarlari bilan uchrashgan Sudan neft va ma’dan vaziri Azhar Abdulqodir mamlakat hududlarida oltin koni topilganligini ma’lum qildi.

Ma’danchilik sektorida katta islohotlar amalga oshirishga va’da bergan Azhar Abdulqodir bu sohada yuzaga kelgan muammolar siyosat bilan aloqali ekanligini ma’lum qildi.

Biroq, yangi topilgan oltin konining qayerda joylashganligi va qachon ishga tushirilishi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

2011 yilda Janubiy Sudanning ajralishi bilan neft daromadidan mahrum bo’lgan Sudan yangi choralarni qidirmoqda va valyuta daromadining 80%ini tashkil qilgan oltin mahsulotiga yo’naldi.

Sudanda oltin ishlab chiqarish hajmi 2017 yilda 105 tonnaga yetar ekan, o'tgan yilning dastlabki 9 oyi mobaynida oltin ishlab chiqarish hajmi 78 tonnani tashkil qildi.

Ayni vaqtda mamlakatda oltin kontrabandasi avj olganligi aytilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: oltin koni , Sudan

Aloqador xabarlar