Eronda “Boeing-707” samolyoti halokatga uchradi

Xabarga ko’ra, “Boeing-707” yuk samolyoti Tehron yaqinlarida qulab tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, samolyot bortida 16 kishi bo’lgan.

Eronda “Boeing-707” samolyoti halokatga uchradi

Eron poytaxti Tehron yaqinidagi Safadasht hududida “Boeing-707” samolyoti halokatga uchradi.

Bu haqda Eronning ILNA xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Boeing-707” yuk samolyoti Tehron yaqinlarida qulab tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, samolyot bortida 16 kishi bo’lgan.

Eron qo’shini samolyot bortida 16 kishi borligini va bu samolyot Eron qo’shiniga tegishli ekanligini ma’lum qilgan.

Eron davlat televideniyesining xabariga ko’ra, yuk samolyoti Bishkekdan Tehron yaqinidagi Karaj shahriga parvoz qilayotgan edi.

Voqea joyiga qutqaruvchilar, vertolyot va o‘ndan ziyod tez yordam mashinasi yetib kelgan.

Fojia sodir bo’lgan joyda olib borilgan tekshiruvlarda 16 kishining jasadi topilgan.

Samolyot qulagan joyda quyuq tutun kuzatilmoqda, u yerda joylashgan uylarda yong’in yuzaga kelgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: Boeing-707 , samolyot , Eron

Aloqador xabarlar