Pokiston elchixonasida xizmat qilgan diplomat Hindistonda qo’lga olindi

Pokiston rasmiylari ushbu masala yuzasidan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bilan aloqa o’rnatgan.

Pokiston elchixonasida xizmat qilgan diplomat Hindistonda qo’lga olindi

Hindiston hukumati Yangi Dehlidagi Pokiston elchixonasida xizmat qilgan diplomatni qo’lga oldi.

Pokistondagi diplomatik manbalarning Geo News xabar saytiga bergan bayonotiga ko’ra, elchixona xodimi qonunga hilof ravishda qo’lga olingan.

Ta’kidlanishicha, diplomat bir necha soat nazoratda ushlab turilgan, so'ngra hujjat imzolashga majburlangan. Pokiston rasmiylari ushbu masala yuzasidan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bilan aloqa o’rnatgan.

Diplomatik manbalarning ta’kidlashicha, bunday munosabat diplomatlarning haq-huquqini himoyalovchi Vena konvensiyasi shartnomasiga hilof.

 


Tanlangan kalimalar: diplomat , Pokiston , Hindiston

Aloqador xabarlar