Yunonistonda o'qituvchilar namoyish o'tkazdi

Yunoniston hukumati tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga qarshi chiqqan o'qituvchilar Yunoniston davlat televideniyesi ERTning markaziy binosiga bostirib kirishdi.

Yunonistonda o'qituvchilar namoyish o'tkazdi

Yunonistonda namoyish o’tkazgan o'qituvchilar davlat televideniyesi binosini egallab olgan.

Yunoniston hukumati tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga qarshi chiqqan o'qituvchilar Yunoniston davlat televideniyesi ERTning markaziy binosiga bostirib kirishdi.

Oqshom payti Axborot dasturi efirga uzatilayotgan paytda taxminan 50 nafar o'qituvchi jonli efirga bostirib kirib borishgan.

Bu asnoda jonli efir darhol to'xtatilib reklama berilgan.

Yarim soat reklama so'ng, yana qayta jonli efirni davom ettirayotgan boshlovchi o'z qo'llarida lozung ko'tarib olgan o'qituvchilarning fikrini tinglash uchun ularga mikrofon uzatdi.

Ular Yunoniston ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlangan yosh o'qituvchilarni ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun loyihasiga norozilik bildirgan va o'qituvchilarning bu mavzudagi talablarini jonli efirda ma’lum qilgan.

Bu voqeaning ortidan ERT1 telekanali o'z efirlarini davom ettirar ekan, o'qituvchilar o'z talablarini ifoda etib binodan chiqib ketdilar.

Eslatma: Yunonistondagi o'qituvchilar o'tgan juma kuni ham kasaba uyushmalarining chaqiruvi bilan Afina shahrida norozilik namoyishlarida ishtirok etgan edilar.

 


Tanlangan kalimalar: namoyish , o'qituvchilar , Yunoniston

Aloqador xabarlar