Tolibon Afg’onistonning Farah viloyatidagi politsiya boshqarmasiga hujum qildi

Farah shahar sho’rosi vakili Dadulloh Kane ma’lum qilishicha, hujumda 4 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Tolibon Afg’onistonning Farah viloyatidagi politsiya boshqarmasiga hujum qildi

Afg’onistonning Farah viloyati markazida joylashgan politsiya boshqarmasiga Tolibon jangarilari tomonidan hujum sodir etilgan.

Hujumda 4 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Farah shahar sho’rosi vakili Dadulloh Kane ma’lum qilishicha, jangarilar Farah markazidagi “Sulton Mir Og’a” nomidagi politsiya boshqarmasiga hujum qilgan.

4 nafar politsiya xodimini otib o’ldirgan jangarilar binodagi qurol-aslaha va o’q-dorilarni talon-taroj qilib hududni tark etgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: hujum , Tolibon , Farah , Afg'oniston

Aloqador xabarlar