Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin

Jahon banki rahbari lavozimiga da’vogarlar orasida Ivanka Trampning ham ismi borligi iddao qilinmoqda.

Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin.

Jahon banki rahbari lavozimiga da’vogarlar orasida Ivanka Trampning ham ismi borligi iddao qilinmoqda.

Financial Times gazetasi xabar berishicha, Jahon bankining amaldagi rahbari Jim Yen Kim 1 fevral kuni o‘z lavozimini tark etadi. Hozirda ushbu lavozimga da'vogarlar orasida AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli va Donald Trampning qizi Ivanka Tramp ham bor.

Shu bilan birga, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Mark Green va AQSh hazinasining xalqaro aloqalar bo’yicha maslahatchisi David Malpass ham da’vogarlar orasida ko’rsatilmoqda.

Tashkil topgan kundan buyon bankning eng yirik hissadori bo’lgan AQSh Jahon bankining rahbarini saylaydi.

Jahon bankining amaldagi rahbari Jim Yen Kim 2012 yilning iyul oyida rahbarlik lavozimini egallagan edi. U 2017 yili ushbu lavozimga ikkinchi muddatga rahbar etib saylangan edi.

Jim Yen Kim 1 fevral kuni o‘z lavozimini tark etadi. Ijrochi direktor Kristalina Georgiyeva vaqtinchalik jahon banki rahbari vazifasini bajaruvchisiga aylanadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: AQSh , Jahon banki , Ivanka Tramp , Donald Tramp

Aloqador xabarlar