Fransiya poytaxti Parijdagi portlashda bir ispan sayyoh halok bo’lgan

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozef Borrel internet tarmoqlarida “Parijdagi portlashda bir ispan ayol ham halok bo’lgan. Bundan iztirobdamiz”,-deb yozgan.

Fransiya poytaxti Parijdagi portlashda bir ispan sayyoh halok bo’lgan

Fransiya poytaxti Parij markazida gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan portlash natijasida bir ispan sayyoh halok bo’lgan.

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozef Borrel internet tarmoqlarida “Parijdagi portlashda bir ispan ayol ham halok bo’lgan. Bundan iztirobdamiz”,-deb yozgan.

Shu bilan birga, Jozef Borrel halok bo’lgan Ispaniya fuqarosining yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan. Yaradorlar orasidagi ispaniyaliklarning esa, tezda sog’ayib ketishiga tilak bildirgan.

Eslatma: Kecha Parij markazida joylashgan Treviz ko‘chasidagi non sexida gaz sizib chiqishi natijasida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Portlash yuz bergan vaqtda sex ishlamayotgan bo‘lgan.

Parij prokuraturasi ma’lum qilishicha, portlashda 2 nafar o’t o’chirish xizmati xodimi halok bo’lgan. 47 kishi yaralangan. Bulardan 10 nafarining ahvoli og’ir.

Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, to‘rt qavatli binoning birinchi qavatida joylashgan non sexi butunlay vayron bo’lgan. Atrofdagi binolarda jiddiy talofat yuzaga kelgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: ispan , portlash , Parij , Fransiya

Aloqador xabarlar