Pedersen, Turkiya bilan Rossiyaning Idlib masalasidagi qarorliligidan mamnun

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen, Turkiya bilan Rossiyaning Idlibdagi barqarorlikni saqlab qolish masalasidagi qarorliligidan mamnun.

Pedersen, Turkiya bilan Rossiyaning Idlib masalasidagi qarorliligidan mamnun

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen, Turkiya bilan Rossiyaning Idlibdagi barqarorlikni saqlab qolish masalasidagi qarorliligidan mamnun.

BMT Bosh kotibining Matbuot xizmati voizi Stephane Dujarric kundalik matbuot anjumanida BMTning Suriya bo’yicha yangi maxsus vakili Geir O. Pedersenning, Suriya muammosini tinchlik yo’li bilan hal qilish uchun kerakli barcha tomon bilan muzokara olib borganligini qayd etdi. Uning aytishicha Pedersen huddi shu masalada, haftaning payshanba kuni ham Suriyaga yordam ko’rsatish bo’yicha tuzilgan xalqaro guruh bilan uchrashuv o’tkazgan.

Mazkur uchrashuvda Suriyada Rukban, Idlib va mamlakatning shimoliy-sharqidagi insoniy vaziyatga e’tibor qaratganligini ifoda etgan Dujarric, Pedersenning, Turkiya bilan Rossiyaning Idlibdagi barqarorlikni saqlab qolish masalasidagi qarorliligidan ham mamnun ekanligini bildirdi.

Dujarric shuningdek, Suriyaning Deyr az-Zor viloyatiga qarashli Hajin tumanidagi to’qnashuvlarning takror boshlashi bilan ortgan tinch aholining o’limi va ko’pchilikning o’z uy-joyidan mahrum qolishi voqealariga ham e’tibor qaratdi.

Oxirgi 6 oyda to’qnashuvlar va havo hujumlari tufayli 25 ming kishining ko’chishining qiyinlashganligini qayd etgan Dujarric, Hajinda qariyb 2 ming kishi borligi tahmin qilinayotganligini va DEASh terror tashkiloti nazoratidagi mintaqalarda qolib ketgan tinch aholining vaziyatidan tashvishda ekanliklarini o’z so’zida ilova etdi.  


Tanlangan kalimalar: Geir O. Pedersen , Idlib , Turkiya , Rossiya

Aloqador xabarlar