Pentagon Suriyadagi ba’zi harbiy texnikalarini olib keta boshlaganligini ma’lum qildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Mudofaa vazirligi (Pentagon) Suriyadagi ba’zi harbiy texnikalarini olib keta boshlaganligini ma’lum qildi.

Pentagonda kim ekanligi haqida ma’lumot berishni xohlamagan rasmiylardan biri,

“Ba’zi harbiy texnikalarni olib keta boshlaganligimiz to’g’ridir” dedi.

Yuqorida nomi tilga olingan rasmiy, operatsiya haqidagi qayg’ulari tufayli olib ketilayotgan harbiy texnikalarning aniq nima ekanligi yoki ularning qanday hududlarga oidligi haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Amerikaning CNN telekanali esa AQSh qurolli kuchlari markaziy qo’mondonligining (CENTCOM), o’z qo’shinlarini Suriyadan olib chiqish chog’ida foydalanmoqchi bo’lgan kema va uchoqlar ro’yhatini ham aniqlab olganligini iddio etdi.

Mazkur jarayon AQSh Prezidenti Donald Trumpning o’tgan yilning 19-dekabri kuni qabul qilgan qarori ortidan boshlagan edi.

Trumpning bu qarori Jim Mattisning Mudofaa vazirligidagi lavozimidan iste’foga chiqishiga yo’l ochgan.

Mattis, 1-yanvarda o’z vazifasidan ketishdan bir necha kun oldin AQSh armiyasining Suriyadan chiqish jarayonini boshlatishi uchun kerakli buyruqni ham bergan.

Aloqador xabarlar