Qatar TIV al-Soniy Ko’rfaz hamkorlik kengashini tanqid ostiga oldi

“Doha forumi” da nutq so’zlagan Qatar Tashqi ishlar vaziri al Soniy, Ko’rfaz hamkorlik kengashining hech narsa qilishga kuchi yetmagan bir tashkilotdan iborat ekanligini qayd etdi.

1107777
Qatar TIV al-Soniy Ko’rfaz hamkorlik kengashini tanqid ostiga oldi

Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al-Soniy mintaqaviy birliklarning qayta qurish va yangi prinsiplarga ehtiyoji borligiga e’tibor qaratdi.  

Navbatdagi, “Doha forumi” da nutq so’zlagan Qatar Tashqi ishlar vaziri al Soniy, Ko’rfaz hamkorlik kengashining hech narsa qilishga kuchi yetmagan bir tashkilotdan iborat ekanligini qayd etdi.

Mintaqaviy birliklarning qayta qurishlarga ehtiyoji borligiga e’tibor qaratgan al-Soniy, “Boshqaruvda yangi prinsiplardan foydalanilishi kerak” dedi.

Qatar Tashqi ishlar vaziri oldingi davrda Ko’rfaz hamkorlik kengashining yana-da kuchli ekanligini eslatib o’tgan holda, mavjud tizimning qayta ko’rib chiqilib, yangidan yo’lga qo’yilishi kerakligini ta’kidladi.

Aytib o’tish joizki kengashning navbatdagi sammiti shu yilning 9-dekabri kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyadda bo’lib o’tdi. Sammitga taklif qilingan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy ishtirok etmadi, bu haqida xabar ham yetkazgan.

Ham sammitdagi uchrashuvlar chog’ida, ham xulosalar bayonotida Ko’rfaz mintaqasining en qisqa vaqt ichida hal qilinishi kerak bo’lgan va eng muhim masalalaridan “Qatar qamali” kun tartibiga olib chiqilmagan edi.



Aloqador xabarlar