Suriyada YPG/ PYD terror tashkiloti ESAga qarshi hujum qildi

Suriyada YPG/ PYD terror tashkiloti Erkin Suriya Armiyasiga qarshi hujum qildi. Hujum oqibatida Erkin Suriya armiyasi hech qanday yo'qotishga uchramay terroristlarga javob berdi.

Suriyada YPG/ PYD terror tashkiloti ESAga qarshi hujum qildi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti Firot qalqoni hududidagi Erkin Suriya armiyasi chegarasiga hujum qildi.

YPG/ PYD terror tashkiloti Turkiya chegarasiga 19 kilometr uzoqlikda o’rin olgan Suriyaning Halab viloyatiga qarashli Mare tumanini og’ir qurollar bilan nishonga oldi.

Terroristlar Mare tumani atrofida o’rin olgan Harbil, Imhush va Shayx Iso mintaqalaridan boshlab vaqti-vaqti bilan tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi ham hujum qilar ekan unga qarshi Erkin Suriya armiyasi javob tariqasida o’q uzdi.

Tomonlar o’rtasidagi to’qnashuv 3 soat davom etdi.

Undan tashqari Firot qalqoni amaliyoti hududidagi Erkin Suriya armiyasi a’zolariga qarshi tuman janubidagi Bashar al-Asad rejimi a’zolari tomonidan uzun stvolli qurol orqali o’q uzildi va bu vaziyat 10 daqiqa davom etdi.



Aloqador xabarlar