AA va TASS Energetika mutaxassislari yig'ilishi bugun Istanulda o'tkazilmoqda

AA mezbonligida, TASS hamkorligida bo'layotgan Turk-Rus Energetika mutaxassislari yig'ilishi bugun Istanulda o'tkazilmoqda.

AA va TASS Energetika mutaxassislari yig'ilishi bugun Istanulda o'tkazilmoqda

Onadolu Agentligi (AA) mezbonligida va Rus xabar agentligi TASS hamkorligida bo'layotgan Turk-Rus Energetika mutaxassislari yig'ilishi bugun Istanulda o'tkazilmoqda.

Turkiya va Rossiyadan energetika sohasida mutaxassislar ishtirok etadigan yig'ilishga, "Kelajakda Energetika mavzusida tabiiy gaz" va "Turkiyaning Istiqboli uchun Turk Oqimining roli" sifatida ikki bo'limlik yig'ilish o'tkaziladi.

Ilk yig'ilishning moderatori TASS xabar agentligi bosh mudiri o'rinbosari Maxim Filimonov bo'lar ekan, ikkinchi yig'ilishni esa AA energetika editori o'rinbosari Barish Sag'lam boshqaradi.

Yig'ilishga Turkiyadan, Yildirim Beyazit Universitetidan Prof. Dok. Erdal Tanas Karago'z, O'rtayer dengizi davlatlari Energetika shirkatlari uglevodorod mudiri Dok. Sohbet Karbuz, Energetika bozori va siyostlari instituti rahbari Volkan O'zdemir va Turkiya tabiiy gaz tarqatish boshqaruvi kengashi rahbari Yashar Asrlan qatnashmoqda.

Rossiyadan esa yig'ilishga East West Instituti Energetika xavfsizligi sohasida mutaxassis Danila Bochkarev, Rossiya milliy energetika xavfsizligi forumi mudiri Konstantin Simonov, Moskva Skolkovo menejementlik maktabi markaziy gaz bo'limi rahbari Dok. Roman Samsonov va Moskva Iqtisodiyot oliy ta'limgohi Erengetika instituti rahbari Dok. Vitaliy Yermakov ishtirok etmoqda.

 



Aloqador xabarlar