Ukraina Rossiya bilan imzolangan do’stlik, hamkorlik va sheriklik shartnomasini bekor qildi

Rossiya va Ukraina o’rtasida 1997 yil 31 may kuni imzolangan shartnoma ikki davlat munosabatlarining asosini tashkil qilibgina qolmay, ikki mamlakatni strategik sheriklik darajasiga ko’targan edi.

Ukraina Rossiya bilan imzolangan do’stlik, hamkorlik va sheriklik shartnomasini bekor qildi

Ukraina parlamenti Rossiya bilan imzolangan do’stlik, hamkorlik va sheriklik shartnomasini bekor qildi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ushbu shartnomani bekor qilish to’g’risida parlamentga taklif kiritdi.

Prezidentning taklifi umumiy kengashda 331 deputatdan 277 nafarining ovozi bilan qabul qilindi.

Taklifga binoan, Ukraina bilan Rossiya o’rtasidagi do’stlik shartnomasi 2019 yil 1 aprel kunidan e’tiboran yaroqsiz deb topiladi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 17 sentyabrda Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarori bilan mazkur shartnomani bekor qilish to'g'risidagi hujjatni imzolagan edi.

Eslatma: Rossiya va Ukraina o’rtasida 1997 yil 31 may kuni imzolangan shartnoma ikki davlat munosabatlarining asosini tashkil qilibgina qolmay, ikki mamlakatni strategik sheriklik darajasiga ko’targan edi.

 

 



Aloqador xabarlar