Pokiston bilim va texnologiyalar vaziri Azam Svati o’z vazifasidan iste’fo etdi

Lavozimni suiste’mol qilganlikda ayblangan Svatining iste’fosi mamlakat bosh vaziri Imran Xon tomonidan qabul qilindi.

Pokiston bilim va texnologiyalar vaziri Azam Svati o’z vazifasidan iste’fo etdi

Pokiston bilim va texnologiyalar vaziri Azam Svati o’z vazifasidan iste’fo etdi.

U lavozimni suiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.

Svatining iste’fosi mamlakat bosh vaziri Imran Xon tomonidan qabul qilindi.

Aytishlaricha, Svatining o’g’li o’tgan oy bir oilani tahdid qilganligi va do’pposlaganligi ilgari surilgan edi.

Iddaolarga ko’ra, bu ish yuzasidan tergov olib borayotgan politsiya inspektori Jan Muhammadning xizmat joyi Svatining buyrug’i bilan o’zgartirilgan edi.

Konstitutsiya sudi Svati ustidan jinoiy ish qo’zg’atib, sobiq bosh vazir Navaz Sharifni siyosatdan man qilishga sabab bo’lgan konstitutsion moddaga binoan sudlanishini ma’lum qilgandi.

Bundan oldin, parlament aloqalari vaziri sifatida xizmat qilgan Bobur Avan ustidan adolat vaziri sifatida xizmat qilgan 2008-2013 yillar orasida qonunbuzarlikka yo’l qo’yganlikda ayblanib tergov ochilgan edi.

Avan hukumat tuzilgandan 16 kun o’tgach ochilgan tergov natijasida o’z vazifasidan iste’fo etgan edi.


Tanlangan kalimalar: iste'fo , Azam Svati , Pokiston

Aloqador xabarlar