Kun tahlili 48-qism

Dasturimizning bugungi sonida Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo’yicha tuzilgan reja yani Brexit jarayoni haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 48-qism

Kun tahlili 48-qism

Bundan ikki yil muqaddam yani 2016-yilning iyun oyida Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib ketish haqidagi qarorini aniqlab olish uchun referendum o’tkazdi. Mazkur referendum natijasi Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib ketishini qo’llar ekan mamlakat hukumati Yevropa ittifoqi va ittifoq tarkibidagi boshqa 27 ta a’zo davlat bilan muzokaralar olib bordi. Bir necha britaniyalik vazir ish tashlagan mazkur jarayonning oxirida Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o’rtasida ayrilik mazmunida, ittifoq tarkibidan chiqishning “batafsil shartlari” shuningdek, kelajakdagi munosabatlarning “keng sharoitlari” bo’yicha 600 sahifalik kelishuvga qo’l qo’yildi. Shu yilning 25-noyabri kuni tomonlar o’rtasida qabul qilingan kelishuv matni 11-dekabr kuni Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanishi darkor. Aytib o’tish joizki Britaniya parlamentining ko’pchilik a’zosi kelishuvni yo’qtirmaganligini, shuning uchun ham tasdiqlash niyatida emasligini qayd etgan edi. Natijada kelishuvning tasdiqlanish masalasi xavf ostiga kirgan vaziyatda desak mubolag’a bo’lmaydi.  

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib ketkunga qadar tomonlar o’rtasida kelishuvga qo’l qo’yilib, parlament tomonidan tasdiqlanmagudek bo’lsa unda Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibidan kelishuvsiz chiqib ketadi. Bu vaziyatga to’siqlik qilish uchun Theresa May boshqargan Buyuk Britaniya hukumati bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida qarorlashtirilgan kelishuv matni yordamida muhim qadam tashlangan bo’ladi. Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar Buyuk Britaniyaning chiqib ketishidan tashvishda ekanliklarini ifoda etishlari bilan birga, kelishuvga erishilganidan xursand ekanliklarini ham bayon ettilar. Ko’proq Buyuk Britaniyaning ittifoq tarkibidan chiqib ketishi ortidan ittifoq tarkibidagi boshqa davlatlarning ham Buyuk Britaniyaning yo’lidan ketmasligi uchun, Buyuk Britaniyaning, Yevropa ittifoqi tomonidan ta’minlangan imtiyozlardan sezilarli darajada mahrum qolishi uchun chora ko’rganliklari kuzatildi.

Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar o’rtasida Brexit kelishuviga anchadan beri qarshi chiqqan mamlakat bu Ispaniyadir. Ispaniyaning janubidagi Gibraltar viloyatining o’rni Ispaniya hukumatining veto xavfiga yo’l ochdi. Gibraltarning 1713-yildan beri Britaniyaga qarashli ekanligiga qaramay Ispaniya hukumati Gibraltar ustidan haq talab qilishni davom ettirmoqda. Brexit kelishuvining moddalari orasida chegaradan o’tish nuqtalarining aniqlanishi Ispaniyaga Gibraltar masalasi jihatidan salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu masalada Ispaniya hukumati o’z norozichiligini Yevropa ittifoqi vakillariga yetkazdi va yuqorida nomi tilga olingan viloyat uchun barcha talablariga javob berilganidan keyin veto huquqini foydalanishdan voz kechdi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib ketishi ortidan quriqlikda paydo bo’ladigan ikkinchi chegara esa Irlandiya va Shimoliy Irlandiya o'rtasidadir. Ikkala mintaqa o’rtasida keskin chegarani xohlamagan tomonlar 2020-yilgacha o'tish davrini yo’lga qo’yishni va Irlandiya talabiga javob berish uchun alohida yo’l topishni qarorlashtirdi. Bu borada Britaniya o'tish davrida Yevropa ittifoqining chegara ittifoqi ichida o’rin oladi lekin Yevropa ittifoqi tarkibida hech qanday huquqga ega bo’lmaydi.

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o’rtasidagi Brexit kelishuvi Britaniya parlamentida to’siqlikka duch kelishi mumkin lekin shunga qaramay bir necha jihatdan olib qaraganda “katta yangilik” desak mubolag’a bo’lmaydi. Boshqa hech qanday namunasi bo’lmagan Brexit kelishuvi Buyuk Britaniyaning faqatgina Yevropa ittifoqi bilan emas ayni vaqtda Yevropa ittifoqi tarkibida bo’lgan va bo’lmagan davlatlar uchun ham o’rnak hisoblanish ehtimoli bor. Bu jihatdan olib qaraganda Turkiya va Bolqon davlatlarining Yevropa ittifoqi tarkibiga qo’shilish ustidan olib borgan muzokaralari to’xtab qolgudek bo’lsa unda Buyuk Britaniya bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida tuzilgan kelishuv o’rnak tashkil etib, boshqacha sheriklik yaratishi mumkin.

Boshqa jihatdan qaraganda, Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqib ketishi geostrategik oqibatlarga olib keladi. Rossiya tomonidan Sharqiy Yevropada Yevropa ittifoqiga qarshi olib borgan kurashi, Buyuk Britaniyadek muhim davlatni qo’ldan boy bergan Yevropa ittifoqini avvalgiga qaraganda yana-da kuchsiz, zaif vaziyatga tushirib qo’yadi. Shuningdek Yevropa armiyasi muhokama qilinayotgan bir davrda Britaniyadek Yevropaning eng kuchli armiyasiga ega bo’lgan bir davlatning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib ketishi, Yevropa armiyasi fikri haqidagi tashvishlari va shubhalarni kuchaytiradi. Undan tashqari Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib ketishi bilan birga, Yevropadagi kuch muvozanati va ittifoqlar o’zgarishi mumkin. Yevropa ittifoqi bir tomondan Rossiya, Afrika va Turkiyaga qo’shni ekan Angliyaning ittifoqni tark etishi bilan shimolda yangi qo’shniga ega bo’ladi.  

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi

 

 

 

 



Aloqador xabarlar