Bolgariyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda

Poytaxt Sofiya va boshqa katta shaharlarda namoyish o’tkazgan xalq Bolgariyadagi hayot standardlarining yomonligi tufayli hukumatni tanqid qildi.

1090448
Bolgariyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda

Bolgariyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda.

Namoyishlar natijasida mamlakat chegaralari va ba’zi magistrallarda qisman transport qatnovi to’xtatilgan.

Poytaxt Sofiya va boshqa katta shaharlarda namoyish o’tkazgan xalq Yevropa Ittifoqining eng kambag’al davlati bo’lgan Bolgariyadagi hayot standardlarining yomonligi tufayli hukumatni tanqid qildi.

Shu bilan birga, benzin va sug‘urta narxlarining ko‘tarilishi, eski avtomashinalarga transport solig‘i miqdorining oshishi kabi holatlar ham qattiq qoralanmoqda.
Internet orqali namoyishga chorlangan xalq mamlakatning asosiy magistrallaridagi transport qatnoviga to’sqinlik qilmoqda.

Bolgariya ichki ishlar vazirligi mamlakat bo’ylab xavfsizlik nazoratini kuchaytirdi, faoliyatlarga 4000dan ortiq xavfsizlik xodimi ishtirok etmoqda.

Taxminan bir oydan beri har dam olish kunlari o’tkazilayotgan namoyishlar davom etishi ma’lum qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar