YI, “Kashikchi jinoyati ustidan olib borilayotgan tergov natijalarini yaqindan kuzatamiz”.

Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Federica Mogherini, YIning Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun “ishonchli va shaffof” tergov ishi olib borilishi kerakligi haqidagi talabini ham takrorladi.

1090137
YI, “Kashikchi jinoyati ustidan olib borilayotgan tergov natijalarini yaqindan kuzatamiz”.

Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Federica Mogherini, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati ustidan olib borilayotgan tergov natijalarini xalqaro sheriklar bilan birgalikda yaqindan kuzatajaklarini ma’lum qildi.

Mavzu haqida yozma ravishda bayonot bergan Mogherini, Yevropa ittifoqining Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun “ishonchli va shaffof” tergov ishi olib borilishi kerakligi haqidagi talabini takrorladi.

Saudiyalik rasmiylarning 15-noyabr kuni tergov haqidagi bayonotlarini kuzatganliklarini belgilab o’tgan Mogherini,

“Bu dahshatli jinoyat haqidagi ma’lumotlarning hammasiga aniqlik kiritilishi va aybdorlarning jazoga tortilishi darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Huquqiy jarayonning boshlatilishining muhim qadam tashkil etganligiga e’tibor qaratgan Mogherini, Yevropa ittifoqining nima bo’lishidan qat’iy nazar o’lim jazosiga qarshi ekanligini ta’kidladi.  

Shunga o’xshash voqeaning takrorlanmasligi uchun Saudiya Arabistonining kerakli barcha chora va tadbirlarni ko’rishi kerakligini eslatgan Mogheriin, YI tarkibidagi mamlakatlarning aybdorlarga qarshi, tergov natijasiga ko’ra xalqaro huquqga to’g’ri keladigan ravishda, mushtarak munosabatda bo’lajagini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar