Kun tahlili 45-qism

Dasturimizning bugungi sonida Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalar haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 45-qism

Kun tahlili 45-qism

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning Obama davrida AQSh, Angliya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya o’rtasida bo’lib o’tgan muzokaralar natijasida qo’l qo’yilgan yadroviy shartnomadan bir tomonli chiqib ketishi ortidan AQShning Moliya vazirligi Eronga nisbatan kiritiladigan sanksiyalarning birinchi bosqichining shu yilning 7-avgusti kuni yo’lga qo’yilganligini ma’lum qilgan edi. Sanksiyalarning ikkinchi bosqichi esa Amerika Qo’shma Shtatlari Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 180 kunlik muddatning o’z nihoyasiga yetishi bilanoq 5-noyabr kuni boshladi. Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalar ayniqsa Eronning energetika, bank, logistika, sug'urta kompaniyalarini nishonga olmoqda.

Amerika Qo’shma Shtatlari birinchi bosqichdagi sanksiyalar orqali Eronning AQSh dollariga erishishini, davlat obligatsiyalarini sotishini, oltin va boshqa qimmatbaxo metallar shu jumladan po’lat, aluminiy, ko’mir kabi metallar ustidan savdo qilishi, yo’lovchi uchog’i yoki uning bo’lakchalarini import qilishiga to’siqlik qilgan edi. Sanksiyalarning ikkinchi bosqichi orqali esa Eronning milliy neft kompaniyasi, neftni qayta ishlash kompaniyasi va milliy tanker kompaniyasiga xalqaro cheklov olib kelinar ekan, iqtisodiy kuchining yirik qismi neftga tayangan Erondan neft va mahsulotlarining sotilishiga nisbatan sanksiya kiritiladi.

AQSh Prezidenti Donald Trumpning yadroviy shartnomadan bir tomonli chiqib ketishi ortidan Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalardan yana biri SWIFT xalqaro to’lov tizimidir. AQSh sanksiyalari asosida SWIFT markazidan berilgan bayonotda, “SWIFT, ba’zi Eron banklarining tizimdan foydalanishini bekor qildi” degan ifodalarga o’rin berildi. Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalardan yana biri moliyaviy tashkilotlardir. Unga ko’ra chet ellik moliyaviy tashkilotlarning Eronning Markaziy banki va ma’lum eronlik moliyaviy tashkilotlar bilan amalga oshirgan hamkorliklari cheklandi. Shuningdek sanksiyalar asosida 700 dan ortiq Eron fuqarosi bilan muassasaning qora ro’yhatga ilova etilganligi haqidagi malumot AQShning Moliya vaziri tomonidan e’lon qilindi.  

Eronga qarshi kiritilgan barcha sanksiyalarga qaramay Oq uyning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jon Bolton, “Eronga nisbatan, bugungacha kiritilgan sanksiyalardan yana-da ko’prog’i kiritiladi. Sobiq Prezident Barack Obama davridagi sanksiya miqdori bilan cheklanib qolmaymiz” dedi.

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalardan vaqtinchalik dunyoning sakkiz mamlakat shu jumladan Xitoy, Hindiston, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvanning ozod etilganligi e’lon qilindi. Mavzu haqida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga berilgan savolga qarshi Prezident, “Sanksiyalar haqidagi ma’lumotlarning hammasini to’g’ri emas. Boshqacha qilib aytganda aniq emas. Chunki bizningcha sanksiyalarning hammasi dunyo tartibini buzishga qaratilgan. Eng muhimi sanksiyalar xalqaro huquqga ham, diplomatiyaga ham javob bermaydi. Lekin dunyo tinchlikni xohlaydi. Insonlarning tinchlik ichida yashashini xohlaymiz. Mening imkonim va kuchim bor. Shunday ekan nima xohlasam o’shani qilaman deyishlik noyo’g’ri. Hozirning o’zida, sanksiyalarga Yevropa ittifoqi va tarkibidagi davlatlar ijobiy tusda qarayotgani yo’q. Bu masalada hammasi turli fikrda” degan edi.   

Shu bilan birga turklarning Erondan energiya import qilishiga ham e’tibor qaratgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Sanksiyalarga bo’lgan ko’z qarashimizni har doim ochiq-oydin bayon etdik. Neft masalasida esa har doim qayd etganimizdek ularning boshqa alternativi yo’q. Shunday ekan sanksiyalarga aslo amal qilolmaymiz. Bugungi kunda biz bu yerdan 10 milliard metr kublik tabiiy gaz olyapmiz. Olmaymiz deb qish kunlarida fuqarolarimizni sovqattirib qoyolmaymiz. Sanksiyalarni qabul qilolmaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham AQSh tomonidan Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni norasmiy deb topib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi qaroriga to’g’ri kelmasligini eslatgan edi. Fransiya, Xitoy va Germaniya ham Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga o’z e’tirozlarini bildirgan. Lekin shunga qaramay Amerika Qo’shma Shtatlarining dunyodagi kuchi, ustunligi va ta’siri yuzasidan e’tiroz qilgan davlatlarning yirik firmalari sanksiyalarga amal qilish niyatida ekanliklarini bayon etgan edi.

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 

 

 



Aloqador xabarlar