G’azoda o’q uzish to’xtatildi

Falastinlik guruhlar G’azoda o’q uzishning to’xtatilganligini ma’lum qildi.

G’azoda o’q uzish to’xtatildi

Falastinlik guruhlar G’azoda o’q uzishning to’xtatilganligini ma’lum qildi.

“Hamas” va “Islomiy jihod” harakati kabi guruhlarning qurolli qanoti o’rin olgan Falastin Qarshilik harakati mushtarak amaliyot guruhi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Misrning o’rtamchiligi orqali Isroil bilan o’q uzishni to’xtatish borasida kelishib olinganligi qayd etildi.  

Bayonotda, “Isroil kelishuvga amal qilgunga qadar o’zlarining ham kelishuvdan bosh tortmasliklari” belgilab o’tildi.

Hamas lideri Ismoil Haniyya ham Isroil tomonidan G’azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar to’xtagudek bo’lsa unda buning o’q uzishni to’xtatish kelishuviga aylanib ketish ehtimoli borligini qayd etgan edi.   

Aytib o’tish joizki Isroil tomonidan tunov kundan beri G’azoga qarshi uyushtirilgan hujumlarda falastinlik 7 kishi shahid bo’lar ekan, 25 kishi tan jarohati oldi.

G’azodagi falastinlik guruhlar otgan raketalar yuzasidan ham Isroil tomonida 1 kishi jon bergan bo’lib, 50 dan ortiq kishi esa tan jarohati oldi.

Qurshov ostidagi G’azo sektoridagi taranglikni orttirgan voqea haftaning yakshanba kuni Isroil armiyasiga qarashli maxsus topshiriqli bir guruh askarning, oddiy avtomobil orqali G’azoga sizib kirishi orqali boshladi.

G’azoning 3 kilometrcha ichkarisiga kirib borgan Isroil askarlarining Hamasga qarashli harbiylar birligi tomonidan anglashilishi ortidan kelib chiqqan to’qnashuvda falastinlik 7 kishi shahid bo’lgan va 1 nafar Isroil askari jon bergan.  

Voqeadan bir kun o’tib “Hamas” va “Islomiy jihod” harakati kabi guruhlarning qurolli qanoti o’rin olgan Falastin Qarshilik harakati mushtarak amaliyot guruhi tomonidan uyushtirilgan raketa hujumida 1 nafar Isroil askari tan jarohati oldi.

Falastinlik guruhlar, Isroil tomonida bir avtobus nishonga olingan bu hujumni, yakshanba kuni shahid bo’lgan a’zolarining o’chini olish uchun uyushtirganliklarini bayon etdi.

Mazkur voqea ortidan Isroil, G’azoga qarshi havo hujumi boshlatar ekan falastinlik guruhlar ham hujumga raketa otish orqali javob berdi.



Aloqador xabarlar