Mahmud Abbas, Quvayt ziyoratini qoldirib Ramallahga qaytdi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbas, Isroil hujumlaridan keyin chet el ziyoratini yarim qoldirib Ramallahga qaytdi.

Mahmud Abbas, Quvayt ziyoratini qoldirib Ramallahga qaytdi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbas, Isroil hujumlaridan keyin chet el ziyoratini yarim qoldirib Ramallahga qaytdi.

Rasmiy Falastin WAFA xabar agentligining bildirishicha, Quvayt ziyoratida Abbasga hamrohlik qilgan Fetih Harakati markazi qo'mitasi a'zosi Huseyin esh-Shayh, Isroil hujmlari va hududdagi voqealar tufayli, Falastin davlat rahbarining chet el ziyoratini qoldirib o'lkasiga qaytishga qaror berganini bildirdi.

Shayh shuningdek, Abbasning kechadan beri Isroilning G'azoda uyushtirgan hujumlarini to'xtatish uchun uchrashuv olib borganliklarini bildirdi.

Falastin davlat rahbari Abbas, kuni kecha amaliy ziyorat doirasida Quvatda edi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netenyahu ham oldingi kun G'azodagi hodisalar tufayli Fransiya ziyoratini qoldirib o'lkasiga qaytgan edi. Netenyahu, G'azodagi vaziyatni ko'zdan kechirish maqsadida bugun Xavfsizlik Kabineti bilan yig'ilish o'tkazadi.



Aloqador xabarlar