Trump boshqaruvi, Sudanni qora ro'yxatidan chiqararishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Trump boshqaruvining, Sudanni terrorni dastaklagan davlatlar ro'yxatidan chiqarish e'htimolini bildirdi.

Trump boshqaruvi, Sudanni qora ro'yxatidan chiqararishi mumkin

Amerika qo'shma davlatlari (AQSh) prezidenti Donald Trump boshqaruvining, Sudanni terrorni dastaklagan davlatlar ro'yxatidan chiqarish e'htimolini bildirdi.

AQSh tashqi ishlar vazirlik voizi  Heather Nauert, mavzuga doir AQSh tashqi ishlar vaziri o'rinbosari John Sullivan va Sudan tashi ishlar vaziri Dirbeiry Muhamed Ahmadning Vashingtonda uchrashgani va ikki davlat o'rtasida yangi bir davr boshlanishini nazarda tutgan 2. bosqichni muhokama qilganliklarini ma'lum qildi.

Sudanning terrorga qarshi kurash mavzusida hamkorlikni kuchaytirish, din va matbuot erkinligi bilan bir qatorda gumanitar yordamlarni orttirish, ichki nizohni to'xtatish, tinchlik jarayonining ildamlashi uchun muhit yaratish va Shimoliy Koreya bilan aloqali Birlashgan Millatlar Xavfsizlik Kengashi qarorlariga rioya qilgan holda ilg'or borishiga diqqat qaratgan Nauert, AQShning ushbu o'zgarishlardan mamnun ekanligini ifoda etdi.

Nauert, "Bu o'zgarishlarning bir parchasi sifatida, Sudan ayni qat'iylikda va 2. bosqichga ko'ra 6 ta asosiy masalani muhokama etish va yechim yo'li topsa, AQSh Sudanni terrorni dastaklagan davlatlar ro'yxatidan chiqarishga tayyor" dedi.

Nauera, shuningdek, AQShning Sudan bilan hamkorlik qilib Sudan xalqi va hudud manfaati jihatidan ijobiy o'zgarishlar bo'lishini istaganliklarini ifoda etdi.

 


Tanlangan kalimalar: chiqarishi mumkin , qora ro'yxatdan , Sudanni , AQSh

Aloqador xabarlar