AQSh Kongressi kelasi hafta Kashikchi jinoyatini qo’lga olmoqchi

Donald Trump, Kashikchi jinoyati masalasida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan yaqin hamkorlikda ish olib borayotganliklarini qayd etdi.

AQSh Kongressi kelasi hafta Kashikchi jinoyatini qo’lga olmoqchi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatini kelasi hafta kongress bilan birgalikda qo’lga olajaklarini ma’lum qildi.

Donald Trump, Kashikchi jinoyati masalasida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan yaqin hamkorlikda ish olib borayotganliklarini qayd etdi.

AQSh Prezidenti kongress saylovlari ortidan Oq uyda uyushtirgan matbuot anjumanida jurnalist Jamol Kashikchi haqida berilgan savolga javob berdi.

Trump bu to’g’rida, “Bu masalani kelasi hafta qo’lga olamiz. Kongress bilan bu borada muhim faoliyatlar olib bormoqdamiz. Birgalikda faoliyat olib borganlarning hammasi qobiliyatli insonlar. Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan birgalikda ish qilyapmiz. Masala ustidan kuchli fikrlar yaratmoqdamiz” deya gapirdi.

Aytib o’tish joizki Turkiya Bosh prokuraturasi 2-oktabrda rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga kirgan Kashikchining, binoga kirishi bilanoq bog’ib o’ldirilganligini bayon etgan edi.



Aloqador xabarlar