Umumbashariy nuqtai nazar 43-qism

Aliya Izzetbegovich og'ir davrlarda musulmonlar uchun bir namuna!

Umumbashariy nuqtai nazar 43-qism

Anqara yildiri beyazit universiteti dekani Kudret Bulbul. 

 

Aliya: Izatni endi so’rash vaqti

20. asrda shamol musulmonlar uchun chappadan esdi, Islom davlatlari bir birini ishg’ol qilgan, bosim va zo’ravonlik hukm surgan bir asr bo’lgandir. Aliya Izetbeegovich shunday bir asrda, o’z madaniyatining go’zalligini, ustidagi og’ir yukka qaramasdan oyoqda turgan  noyob insonlardan biridir. Islom mafkurasi yo’qolgan bu davrda, hayotini, yechimning Islom mafkurasida bo’lganini tushungan bir inson.

 

Yoshlik davri, qamoq yillari: Mladi musulmoni

Aliya Izatbegovich, bobosining ismida ayni bo’lgan, Istanbul/Uskudarda harbiy xizmatni o’tagan paytda tanishib uylangan turk qizi Siddiqa xonumning nabirasi sifatida 1925- yil tavallud topgan. Balki shuning uchun Aliyada eski Istanbulning tarixi, chiroyli muhitlaridan biri bo’lgan Uskudarga o’xshash xususiyatlar sezaman: Taqdir qa’ridan chiqib kelgan donishmanlik, komil, zinda va nazokatli bir inson.

U tavallud topgan zamonlar I. va II. Jahon urushi bolgan davrlar edi. Musulmonlar asosan Bolqonlarda yashagan musulmonlar uchun og’ir davrlar edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin g’olip davlatlar, Komunimz bilan boshqarilgan Stalin Rossiyasida o’z ichidan chiqgan Fashizm va Natsizmni mag’lub etgan g’arb bo’ldi. Usmoniy davlatining orqaga qaytishi va tarqalishi natijasida asosan Bolqonlarda 200 Islom endi chetlangan. Shunday bir muhitda Aliya, litsey yillarida, sinfdoshlari bilan “Mladi Musulmoni” (Yosh Musulmonlar Harakati ) harakatini boshlatgan. Tashkilot bir tomonda a’zolari orasida islomiy ongni uyg’otishga harakat qilar ekan, boshqa tomonda urushning zararlarini tiklashga harakat qilayotgan edi. Lekin bu g’ayratlar ateist va komunist rejim tomonidan  xush ko’rilmadi. Aliya hanuz yosh o’spir ekan 5 yil ozodlikdan mahrum etilgandir.

 

Sharq va G’arb o’rtasida qolgan Aliya

Qamoqdan chiqagandan keyin Aliya yana xalqi va insonlar uchun foydali deb tushungan faoliyatlarni surdurgandir. Bir tomonda kundalik hayotini yashar ekan boshqa tomonda ziyoli muhitlarga kirib borgan. “Sharq va G’arb o’rtasida Islom” nomli faoliyati, Aliyaning islom vizisayi doirasida, sharqni ham g’rbni ham tanqid  qilgan xususiyatda.

G’arbdagi ijobiy o’zgarishlarni ham taqdir qilmoqda: “Ben yevropaga boshimni egib boraman. Chunki bola, ayol va keksalarni o’ldirish. Muqaddas joylarga hujum qilgan. Unlar buni sodir etdilar. Hamda G’arbning ko’zlari oldida, G’arb madaniyati nomi ostida”

Aliyaga ko’ra islom dunyosidagi asosiy masala, biri birida uzoq, jaxolat, qilgani bilan aytgani bir xil bo’lmaganidandir. Aliya “Islom menim uchun go’zal va hamma narsaning  negizidir”  deb, “Islomning eng yaxshi din bo’lgani bir haqiqatdir. Lekin biz eng yaxshilar emasmiz. Bunlar bizlar qarama qarshi bo’lgan narsalardir” deb yechim taklif qiladi. “Yer zaminida o’rgatuvchi bo’lish uchun samonning o’quvchisi bo’lish kerak.”

 

Urush yillari…

Bolqolar parchalanmasdan avval Aliya  “Islom Manifestosi” nomi kitobi yuzidan 14 yilga qamalgan. Qamoqda 5 yil turgandan keyin 1988 yili amnistiyadan fodalanib chiqgan. 1990 yili Demokratik Faoliyat Partiyasini tashkil etgan. Saylovlarda o’lkasining birinchi prezidenti etib saylangan. Bosniya va Gersegovina 1992 yili Yugoslaviyadan mustaqil bo’lgan. Bundan oldin Xorxaviya va Sloveniyaning mustaqilligini qo’llab-quvvatlagan g’arb, har doim bo’lgani kabi ikki  yuzlamachilik qilib, Serblar hujum qilganda Boshnaklarni yolg’iz tashlab qo’ygan. Buning natijasida yuz minglab inson qurbon bo’ldi. Boshnoqlar Yevropada 20. asrda ko’zlar oldida qirg’in etilgandir. Aliya urush davrida taniqli bir liderga aylangandir. Qahatchilik, qurshovlarga qaramasdan, bir  musulmonning qanday qarshi chiqishi kerakligini ko’rsatgandir. Serblarning, Boshnoq ayollarni, bolalarni, keksalarni o’ldirgani uchun qasod olish kerakligi aytilganiga esa  bergan javobi, urush davrida oltin qoidaga aylandi:

“Dushmanlarimizga  qarshi faqat, adolat”

“Serblar bizning o’qituvchimiz emas”

“Urushda mag’lub bo’lganda emas, dushmanga o’xshaganimizda boy beramiz”

Urush davrida bir nemis muhbirning  “Buncha zulmga qarshi nima uchun o’ch olishni istamadingiz, G’arb madaniyatini o’zlashtirganingiz uchun mi?” degan savolga bergan javobi islom mafkurasini qanchalik o’zlashtirganini ko’rsatmoqda. Aliya hamma narsaga ulgura olmagan bo’lsa bu uning kifoyatsizligi emas, AQSh boshchiligidagi zamonaviy dunyoda Yevropaning o’rtasida musulmon bir jamiyat va davlatga qarshi izlagan uslubidandir.

 

Me’rosi…

 “Bizni bu toproqlarga ko’mdilar. Biroq urug’ bo’lganimizni bilmadilar” degan Aliyaning bu so’zlari Bolqonlar yohud musulmonlarning 200 yillik hikoyasini ham o’z ichiga olishi mumkin. 200 yil bo’yicha, orqaga qaytish davrida, qor tagidan navdalanib chiqgan rahbar soni afsuski kam. Bundan oldin “G’arbga qarshi qanday uslub izlash kerak” degan maqolada ham zikr etilgani kabi, rad etuvchan yohuk taslim bo’luvchan emas, analitik fikrlagan, tanqidiy qaragan liderlar faqat bu yo’llar bilan yechim kiritishi mumklin. Aliya, Said Halim, Ikbal, Akif, Rashid El Gannushi kabi liderlar Islomning zamonamizda insonlarga o’rgatganlariga alohida e’tibor qaratgan noyob isimlardandir.   

Aliya kabi, liderlar buncha  zulmga qaramasdan, nafrat  emas, islomiy mafkuraning zindalik, kamolot, donishmanlik, hikmati va nazokati bilan gapirgan rahbarlarga faqat musulmonlarning emas, dunyoning e’htiyoji bor.

 

 


Tanlangan kalimalar: Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar