Shahzoda Salmon:"Saudiya Arabistoni bilan Turkiya o'rtasida nizo keltirib chiqarishmoqchi..."

Saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi o'ldirilgandan buyon birinchi marta bayonot bergan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon jinoyatni fosh etish uchun Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qilganligini ma'lum qildi.

1075068

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan telefon orqali muloqot qilganligini ma'lum qilgan shahzoda Salmon: "Ikki davlat hukumati aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun hamkor ekanligini amalda isbotlaydi",-dedi.

"Saudiya Arabistoni bilan Turkiya o'rtasida nizo keltirib chiqarishni ko'zlaganlar bor. Qirol Salmon, men va Erdo'g'an bor ekanmiz bunga aslo yo'l qo'ymaymiz",-deydi u.

Valiahd shahzoda Jamol Kashikchi jinoyatini haqsizlik deb atadi va natijaga erishish uchun Turkiya bilan hamkorlikda ish olib borayotganligini ma'lum qildi.

Shahzoda adolat qat'iyan o'z o'rnini topishiga ishonchi komil ekanligini tilga oldi.

Eslatma: Vashington Post gazetasiga maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

Saudiya Arabistoni hukumati 20 oktyabr kuni jurnalist Jamol Kashikchining Istanbuldagi bosh konsullikda kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.

Aloqador xabarlar