Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Jamol Kashikchining oilasiga hamdardlik bildirdi

Qirol Salmon bin Abdulaziz va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Jamol Kashikchining o’g’li Salahga qo’ng’iroq qilib, otasining o'limi munosabati bilan unga va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan.

1072992
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Jamol Kashikchining oilasiga hamdardlik bildirdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon jurnalist Jamol Kashikchining oilasiga ta’ziya bildirdi.

Bu haqda SPA xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, qirol Salmon bin Abdulaziz va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Jamol Kashikchining o’g’li Salahga qo’ng’iroq qilib, otasining o'limi munosabati bilan unga va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Kashikchining o'g'li ham o'z navbatida qirol va valiahd shahzodaga bildirilgan hamdardlik uchun minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni hukumati 2 oktyabr kuni yo'qolib qolgan jurnalist Jamol Kashikchi Istanbuldagi bosh konsulligida kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.



Aloqador xabarlar