• Video galereya

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Pompeo Saudiya Arabistoni qiroli bilan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchining yo'qolib qolishi va ehtimoliy o'ldirilishi masalasida muloqot qildi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchining taqdirini muhokama qilish uchun Ar-Riyodga tashrif buyurdi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Pompeo Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr va Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchisi shaxzoda Halid bin Salmon bin Abdulaziz tomonidan kutib olindi.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi Pompeoning Adil al-Jubayr bilan bo’lgan uchrashuvining fotosuratini ijtimoiy sahifalarda e’lon qildi.

Biroq, uchrashuv tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Pompeo Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bilan ham uchrashganligi ma’lum qilindi.

Uning ertaga Turkiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar